Tailandning Bangkok shahrida o‘tayotgan "Thailand Open" xalqaro boks turniri 1 iyun kuni hal qiluvchi bosqichga kiradi. Final janglarida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili oltin medallar uchun ringga chiqadi.
Quyidagi bokschilarimiz finalda medallar uchun bahs olib borishadi:
Ayollar o‘rtasida:
-48 kg: Farzona Fozilova — Thipsatcha Yodvare (Tailand);
-51 kg: Sabina Boboqulova — Vu Yu (Xitoy);
-54 kg: Feruza Kazakova — Natnicha Chongprongklang (Tailand);
-75 kg: Aziza Zokirova — Nadejda Ryabets (Qozog‘iston);
Erkaklar o‘rtasida:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev — Xutxaifa Eshish (Iordaniya);
-55 kg: Faryozbek Do‘smatov — Saravut Sukthet (Tailand);
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov — Torexan Sabirxan (Qozog‘iston) (soat 14:30);
-75 kg: Javohir Abdurahimov — Deepak (Hindiston);
-85 kg: Nusratbek Tohirov — Jakkapong Yomxot (Tailand).

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada bir qator bokschilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Ular: Madiyar Daniyarov, Samandar Jalolov, Elyorbek Jo‘raboyev, Abdurahmon Rustamov, Nigina O‘ktamova, Navbahor Hamidova va Oysha Toirova.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA