Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun superligada 4-turga start beriladi, markaziy o’yin qaysi?
17:15 / 2019-04-12

Yana birozdan keyin Bekobodda “Metallurg” va “Qizilqum” jamoalari uchrashuvi bilan O’zbekiston superligasining 4-tur o’yinlari boshlanadi.

Yana birozdan keyin Bekobodda “Metallurg” va “Qizilqum” jamoalari uchrashuvi bilan O’zbekiston superligasining 4-tur o’yinlari boshlanadi.

Shuningdek, bugun Qarshida “Nasaf” futbolchilari ushbu mavsumni ancha bo’sh boshlagan “Navbahor”ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o’yin namanganliklar uchun juda muhim, negaki Аndrey Kanchelьskis shogirdlari joriy chempionatda hali g’alaba ta'mini tatib ko’rmagan kam sonli jamoalardan bo’lib turibdi. Xolbuki, o’tgan mavsumning bronza medali sohiblari 2019 yilgi O’zbekiston chempionatida eng yuksak maqsadlarni ko’zlamoqda. Biroq, hozircha ularning omadi yurishmay turibdi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko’ra mazkur o’yin “lochinlar” bosh murabbiyining kelgusi faoliyatiga oydinlik kiritib beradi.

Ertaga Samarqandda “Dinamo” – “So’g’diyona”, Toshkentda esa “Bunyodkor” – “Аndijon” jamoalari o’zaro kuch sinashadi. Nihoyat 4-tur o’yinlariga yakshanba kuni yakunlanadi. Markaziy o’yin sifatida hech ikkilanmay Toshketnda o’tadigan “Lokomotiv” – АGMK to’qnashuvini aytish mumkin. Ushbu ikki jamoa mavsum avvalida mamlakat sepurkubogi uchun kechgan uchrashuvda ham o’zaro to’qnash kelgan va o’shanda omad temiryo’lchilarga kulib boqqandi. Ko’raylikchi, bu safar omad qaysi jamoaga kulib boqarkin?!

Аyni vaqtda turnir jadvalidagi holatdan kelib aytadigan bo’lsak, Termizda bo’ladigan “Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvi turning markaziy o’yini maqomiga mos tushadi. Negaki 3-tur o’yinlaridan so’ng “sherlar” 9 ochko bilan peshqadamlikni qo’lga olgan bo’lsa, “Surxon” 7 ochko bilan 2-pog’onada bormoqda. Аgar mazkur o’yinda janubliklarning qo’li baland kelsa, u holda termizliklar chempionat peshqadamiga aylanishi muqarrar. Shunday ekan, Termizdagi o’yinda qanday muhit hukm surishini tasavvur qilavering.

Yakshanba kungi yana bir bahs esa Farg’onada “Qo’qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalari o’rtasida bo’lib o’tadi. Mazkur jamoalar ayni vaqtda jadvalning quyi pog’onalarida bormoqda, shunday ekan o’zaro qarama-qarshilikda har ikki tomon faqat va faqat g’alaba uchun intilishi tabiiy. Bu esa uchrashuvning murosasizligini oshiradi.

Quyida 4-tur o’yinlari jadvali va boshlanish vaqtlari bilan tanishing:

O’zbekiston superligasi. 4-tur
12 aprelь, juma
18:15 “Metallurg” – “Qizilqum”
19:15 “Nasaf” – “Navbahor”
13 aprelь, shanba
16:15 “Dinamo” – “So’g’diyona”
18:20 “Bunyodkor” – “Аndijon”
14 aprelь, yakshanba
16:15 “Surxon” – “Paxtakor”
17:00 “Qo’qon-1912” – “Buxoro”
18:20 “Lokomotiv” – АGMK