French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun superligada 15-tur boshlanadi, markaziy bahs “Bunyodkor” – “Surxon”Bugun superligada 15-tur boshlanadi, markaziy bahs “Bunyodkor” – “Surxon”
08:00 / 2019-07-30

Bugun mamlakatimizning uchta stadionida Oʻzbekiston superligasi-2019 doirasida 15-tur oʻyinlari oʻtkaziladi.


Bugun mamlakatimizning uchta stadionida Oʻzbekiston superligasi-2019 doirasida 15-tur oʻyinlari oʻtkaziladi.

Oʻtgan turda oʻz maydonida “Lokomotiv”ni shov-shuvli tarzda magʻlub etgan “Soʻgʻdiyona” jamoasi bu oqshom Qoʻqonda mehmon boʻladi. Oʻzbek futbol vatani vakillari hozirda turnir jadvalining soʻnggi pogʻonasini egallab turishganini inobatga olsak, Qoʻqonda muxlislar qiziqarli va murosasiz oʻyinga guvoh boʻlishini taxmin qilish qiyin emas.

Samvel Babayan boshqaruvidagi temiryoʻlchilar jamoasi esa oʻz maydonida “Dinamo”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga har ikki jamoa aʼzolari tushkun kayfiyatda yetib kelishdi. Bu esa bugungi uchrashuvning murosasizligini oshiradi, desak xato qilmaymiz.

Navoiyda esa “Qizilqum” jamoasi “Paxtakor” bilan kuch sinashadi. Navoiyliklar 14-turda safardan gʻalaba bilan qaytib kelishgach, bu jamoaga boʻlgan hurmat oshdi. Holbuki, davralar oraligʻida “Qizilqum”ni asosiy tarkibning toʻrt nafar futbolchisi tark etgandi. Ammo, Hamidjon Aktamov yoʻqotishlar oʻrnini munosib futbolchilar bilan toʻldirganini Namanganda koʻrsatdi. Koʻraylikchi, ularning kuchi “Paxtakor”ga ham yetarmikan?!

Oʻzbekiston superligasi-2019. 15-tur

30-iyul, seshanba

“Qoʻqon-1912” – “Soʻgʻdiyona”

“Lokomotiv” – “Dinamo”

“Qizilqum” – “Paxtakor”

31-iyul, chorshanba

“Bunyodkor” – “Surxon”

AGMK – “Andijon”

“Buxoro” – “Navbahor”

“Nasaf” – “Metallurg”