Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ba’zi hududlarida gaz o‘chiriladi
11:19 / 2022-08-09

«Hududgazta’minot» Matbuot xizmatining xabar berishicha, Shayxontohur tumani, "Bunyodkor" ko‘chasida joylashgan yer osti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun soat 10:00 dan 17:00ga qadar Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ba’zi hududlarida gaz o‘chiriladi.

Chilonzor tumani, «Qozirobod» mahallasida, "Qozirobod" ko‘chasida hamda Shayxontohur tumani, «Beshyog‘och» mavzesida, «Oqtepa» kichik hududida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasidan o‘tgan D-159, 108-mm.li o‘rta bosimli gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha «Shayxontohur» mahallasida, Olmazor tumani, «Sebzor» mahallasida tabiiy gaz ta’minotini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.



O‘zA