Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘ladi
09:43 / 2022-05-28

Bugun – 2022 yil 28 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisi bo‘ladi.

Senatning yalpi majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

Soat 10:00 da Senatning majlislar zalida o‘z ishini boshlaydigan yalpi majlis videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Majlis jarayonlari Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan dolzarb masalalar haqidagi xabarlar bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning www.uza.uz rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishtirib boramiz.

Bizni kuzatib boring!

O‘zA