Bugun Rossiyada omikron shtammining yana 16 ta holati qayd etildi
— Yangi variant Rossiyaga Janubiy Afrikadan kelgan 177 kishidan 16 nafarida topildi, — deydi Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova. — Ayni paytda barcha bemor kuzatuv ostida ekanligi hamda infeksiya xavfi yuqoriligini ta’kidladi.
6 dekabr kuni Rossiyada koronavirusning omikron varianti bilan kasallanishning ilk holati qayd etilgandi.
Bu voqeadan so‘ng Moskva ma’muriyati Botsvana, Zimbabve, Lesoto, Madagaskar, Mozambik, Namibiya, Tanzaniya, Janubiy Afrika va Gonkongdan kelganlar uchun 14 kunlik karantin e’lon qildi.
26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu shtammni xavfli variant deb e’lon qilgandi.
Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil dekabr oyidan beri pandemiya 192 mamlakat va mintaqada 5,3 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan, butun dunyo bo‘ylab 270,21 milliondan ortiq holat kuzatilgan.
Ulug‘bek Mahmirzayev