Bugun yurtdoshlarimiz ajoyib kosmik hodisaga guvohi bo‘lishlari mumkin.
Joriy yilning 3 yanvar kuni Yer Quyoshga yil davomidagi eng yaqin masofaga yetib boradi. Bu payt astronomiyada perigeliy deb ataladi. Moskva planetariysi ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shu sanada Quyosh bizga nisbatan eng yaqin joylashadi va shu sababli u yil davomidagi eng katta ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 3 yanvar kuni Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi masofa 147 million 99 ming kilometr atrofida bo‘ladi. Shuning natijasida Quyoshning ko‘rinish diametri 2026 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetib, 32 burchak daqiqasi va 35 сонияни tashkil etadi. Bu farq oddiy ko‘z bilan deyarli sezilmasa-da, professional teleskoplar va fotosuratlarda juda aniq ko‘rinadi.
Astronomlar, shuningdek, yilning ikkinchi qismida teskari holat kuzatilishini eslatib o‘tdi. 2026 yilning iyulida Yer Quyoshdan eng olis nuqta — afeliyda bo‘ladi. Yanvar perigeliyi va iyul afeliyidagi Quyosh diametrlari farqi, ayniqsa, professional fotosuratlarda yaqqol seziladi, deyishdi mutaxassislar.
Rasmiy va ishonchli ma’lumotlarni faqatgina O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sahifalarida kuzatib boring.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kmnHEaC0MDw" title="Bugun Quyosh “kattalashadi” " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA