English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Qozog‘istonda Respublika kuni nishonlamoqda
18:17 / 2022-10-25

Qozog‘istonda Respublika kuni bekor qilinganidan 13 yil o‘tib, qayta nishonlanmoqda. Bugun Ostonada va mamlakatning barcha viloyatlari markazida turli bayramona va ko‘ngil ochar tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtda kechqurun bayram mushagi otilishi rejalashtirilgan.

1990 yil 25 oktyabrda Qozog‘istonning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingan, 1995 yil 18 oktyabrda esa 25 oktyabr Respublika kuni - milliy bayram, deb e’lon qilingan.

2001 yil 13 dekabrda Respublika kuni davlat bayrami maqomini oladi, biroq 2009 yil 22 oktyabrda o‘sha vaqtdagi Prezident Nursulton Nazarboyev mazkur bayramni bekor qiladi.

Joriy yil 16 iyun kuni Prezident Qosim-Jomart Toqayev 25 oktyabrni yana milliy bayram etib nishonlash taklifini beradi va tegishli qonunni imzolaydi.

O‘zA