Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Qozog‘istonda nomzod ko‘rsatish to‘xtatiladi
15:31 / 2022-10-11

Qozog‘istonda noyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun nomzod ko‘rsatish muddati bugun yakunlanadi.

Ayni dam sakkiz da’vogar orasida amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev ham bor. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

1 sentyabr kuni Qozog‘iston rahbari mamlakat xalqiga murojaati chog‘ida joriy yil kuzda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi va 2023 yilning birinchi yarmida Majilis (parlament) quyi palatasi va mahalliy vakillik idoralariga navbatdagi saylov o‘tkazilishini aytib o‘tgan edi. 

17 sentyabr kuni Toqayev Konstitutsiyaga davlat rahbarining vakolat muddatini qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddat bilan cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzolagan va 20 noyabrga saylov bo‘lib o‘tishini tayinlagandi.


O‘zA