Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Prezident Yangi Namanganni Chortoq bilan bog‘lovchi yo‘ldagi 13 kilometrlik tunu-kun ishlaydigan servis ko‘chasi bilan tanishdi
19:50 / 2025-09-16

Kosonsoy, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Yangiqo‘rg‘onda yana 8 ta shunday ko‘cha barpo etish reja qilingan.

Kosonsoy markazi, Norindagi daryo bo‘ylari, Chustning G‘ova, Yangiqo‘rg‘onning Nanay, Popning Chodak qishloqlarida Bo‘stonliqdan kam bo‘lmagan go‘zal tabiat, so‘lim joylar borligi, bu joylarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida yurgan tashabbuskorlar ham juda ko‘pligi ta’kidlandi

Shu munosabat bilan viloyat Islohotlar shtabiga tadbirkorlar bilan har bir tumanda kamida 2 tadan shunday joylarni tanlab, ular bo‘yicha master-reja ishlab chiqish, amalga oshiriladigan loyihalar hisobiga keyingi yilda 50 ming odamni ishli va daromadli qilish topshirildi. 

Shuningdek, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Chustdan o‘tgan daryo va soy o‘zanlarining 40 kilometr qismida ham 650 ta servis ob’ektini qurib, 10 ming odamni daromadli qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga bu yerlarning muhofaza zonasi va konturini belgilab, auksionga chiqarishni boshlash topshirildi. 

O‘zA