Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun poytaxtimizda futzal tadbirlari o‘tkaziladi
10:32 / 2025-12-27

Bugun, 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida havaskor futzal jamoalari o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatimizda futzalni yanada ommalashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh iste’dodlar uchun o‘yin amaliyoti yaratish maqsadida tashkil etilayotgan musobaqaning 6-turida “BMB” – “Kamol Construction”, TATU – “Istiqlol”, “Bojxona” – “Parma”, “Yoshlar” – “IMV”, “Olimpik” – SQB jamoalari ro‘baro‘ keladi.

Shuningdek, bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston futzal federatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA