Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun!
11:46 / 2025-07-02

Bundan 33 yil muqaddam – 1992 yil 2 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, mustaqil mamlakatimizning asl tasvirini mujassam etgan ramz butun dunyoga keng namoyish etildi.

Bugun ushbu muqaddas ramzni shu Vatanning farzandiman degan kattayu kichik birdek qadrlaydi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi ezgu qadriyatga aylangan.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan joylarda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bog‘ida “Ranglarda aks etgan Vatan timsoli” shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy tanlov Davlatimiz gerbiga bag‘ishlandi.

Bayram munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida tashkil etilgan tadbir bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratildi. Jajji bolajonlar o‘z ijodiy ishlarida jonajon O‘zbekistonimizning go‘zal maskanlarini, davlatimiz ramzlarini namoyish etishdi.

Bolajonlar tomonidan yaratilgan kichik san’at asarlari mamlakatimizda davlatimiz ramzlariga yoshlarning qiziqishi ortayotganini, ularning qalbida Vatanga bo‘lgan mehr ijodlarida aks etayotganini ko‘rsatdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/wFdQdWWmPXs?si=4nhgrSVqJQX6-oye" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev,  

A.Ahmedov (video)

O‘zA