Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun O‘zbekiston gandbolchi qizlari Xitoy jamoasi bilan kuch sinashadi
11:18 / 2025-08-25

Poytaxtimizda o‘tayotgan gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi U19 yosh toifasidagi Osiyo chempionati hal qiluvchi bosqichga ketib keldi.

Bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari “A” guruhidagi so‘nggi tur bahslarini o‘tkazadi. Hamyurtlarimiz Xitoy jamoasi gandbolchi qizlari bilan kuch sinashadi.

Kecha "Alpomish" muz saroyida o‘tgan O‘zbekiston va Xitoy Taypeyi terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda gandbolchi qizlarimiz cheksiz matonat va irodasini namoyish etdi. Kuchli ruhiy bosim va murakkab texnik-taktik holatda kechgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 29:27 hisobida g‘alabaga erishdi.

Guruhda ketma-ket uchinchi g‘alabasini tantana qilgan gandbolchi qizlarimiz bugungi bahsda asosiy raqibi sanalgan xitoyliklar qarshiligini yengib o‘tsa, yarim finalga yo‘l oladi.

Kecha o‘tgan 3-tur o‘yinlarining qolgan juftliklarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Qirg‘iz Respublikasi - Qozog‘iston 22:58

Hindiston - Hong Kong 39:25

Eron - Koreya Respublikasi 19:39

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda tashkil etilayotgan ushbu chempionatda yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan to‘rtta jamoa kelgusi yilning 24 iyun - 5 iyul kunlari U20 yosh toifasida o‘tkaziladigan XXV jahon chempionati yo‘llanmasi sohibi bo‘ladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA