Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Ozarbayjonda milliy matbuot kuni
16:51 / 2022-07-22

Mirzo Fatali Oxundzoda nomidagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasi tomonidan "22 iyul – Milliy matbuot kuni" virtual ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“AzerTAJ”ga ga ma’lum qilishlaricha, ko‘rgazmada milliy matbuot rivojiga oid rasmiy hujjatlar, taniqli shaxslarning muassasa haqidagi fikrlari, mamlakat jurnalistikasi tarixiga oid fotosuratlar, kitoblar va maqolalar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan 147 yil muqaddam - 1875 yil 22 iyulda o‘z davri ma’rifatparvarlik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Hasan bey Zardobiy asos solgan “Yekinchi” gazetasining birinchi soni nashr etilgan edi. 

Shu tariqa milliy ma’rifatchilik asosi yaratilib, Ozarbayjonda matbuot tashkil etilgan. “Yekinchi” ozarbayjon tilidagi chinakam demokratik va xalq matbuotiga asos soldi. Bor-yo‘g‘i 56 soni nashr etilgan gazeta xalq ko‘zgusiga, jurnalistika bayroqdoriga aylandi...

Ommaviy axborot vositalari tabiatan jamiyat ko‘zgusi, jamoatchilik ongi va ma’naviyati ko‘zgusidir. Shu nuqtai nazardan Ozarbayjon milliy matbuoti ham tashkil etilgan dastlabki kunlardanoq milliy-ma’naviy qadriyatlarning tashuvchisi, faol targ‘ibotchisi va himoyachisidek mas’uliyatli missiyani bajarib kelmoqda.

Prezident Ilhom Aliyev Ozarbayjon OAV vakillariga murojaat yo‘llab, ularni kasb bayrami bilan qutladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA