Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U23 yosh toifasida Osiyo kubogining final bosqichi start oladi va 24 yanvar kuniga qadar davom etadi.
Osiyo kubogining ochilish uchrashuvi “A” guruhidan o‘rin olgan Vetnam hamda Iordaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni mazkur guruhda Saudiya Arabistoni va Qirg‘iziston termalari o‘rtasidagi bahs o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinlar mamlakatimiz vaqti bilan soat 16:30 va 21:00 da boshlanadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur nufuzli musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasining ishtiroki hisoblanadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqada “C” guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida termamiz dastlabki uchrashuvini 7 yanvar kuni soat 19:00 da Livan terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Ikkinchi tur doirasida esa 10 yanvar kuni Eron termasi bilan kuch sinashadi (19:00). Guruh bosqichidagi so‘nggi bahs 13 yanvar kuni Koreya Respublikasi terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi (16:30).
Ma’lumot o‘rnida: Musobaqaning yarim final uchrashuvlari 20 yanvar kuni o‘tkaziladi. 3-o‘rin uchun bahs 23 yanvar kuniga belgilangan bo‘lsa, Osiyo kubogi g‘olibini aniqlab beradigan final uchrashuvi 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA