Bugun Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi
Bugun, 2019 yil yil 11 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi.
Bugun, 2019 yil yil 11 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi.
Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi, “Metsenatlik to‘g‘risida”gi, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi, “Mudofaa to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan.
Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari, ba’zi davlat organlarining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunlar senatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senat a’zolari Madaniy o‘zlikni namoyon etish shakllari xilma-xilligini himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil 20 oktabr) ratifikatsiya qilish masalasini ham muhokama qiladi.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.
Bularning barchasi haqida saytimizda tanishasiz. Bizni kuzatishda davom eting!