Bugun Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Guamga qarshi maydonga tushadi
Bugun Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada boʻlib oʻtayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ikkinchi oʻyinini Guam U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Bugun Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada boʻlib oʻtayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ikkinchi oʻyinini Guam U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Bu haqida O'FA xabar bermoqda.
Ushbu oʻyin Kolombo shahridagi “City Football Games” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da boshlanadi. Ushbu oʻyinda terma jamoamiz vakillari koʻk rangli libosda maydonga tushishadi.
Eslatib oʻtamiz, birinchi bahsda Ilhom Xanjariyev jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushib durangga imzo chekkan edi.