Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Milliy terma KXDR bilan oʻynaydi
15:00 / 2018-10-13

FIFA kunlaridan foydalanib, dunyo terma jamoalari oʻrtoqlik bahslarida ishtirok etmoqda.


FIFA kunlaridan foydalanib, dunyo terma jamoalari oʻrtoqlik bahslarida ishtirok etmoqda.

Bugun, 13-oktabr kuni Oʻzbekiston va KXDR terma jamoalari oʻzaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv poytaxtimizdagi “Milliy“ stadionida mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, JCH-2018 saralashining ikkinchi bosqichida Shimoliy Koreya va Oʻzbekiston terma jamoalari bir guruhdan oʻrin olgan edi. 2015-yil iyun oyida koreyslar maydoniga safar qilgan Oʻzbekiston 2:4 hisobida magʻlubiyatga uchragan, oʻsha yilning noyabrida Toshkentda oʻtgan javob bahsida mezbonlar 3:1 hisobida gʻolib chiqqan edi. Dastlabki oʻyinda KXDR 4-daqiqada, Toshkentda bahsda esa 2-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq boʻlgan.

Yakunda Oʻzbekiston guruh yetakchisi sifatida BAA-2019 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan, Shimoliy Koreya esa ikkinchi oʻrin bilan saralashning uchinchi raundiga yoʻl olgan edi. Qoʻshimcha saralashdan soʻng jamoa Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Kim Yong Yun jamoasi kelasi yil boshida boʻlib oʻtadigan qitʼa chempionatida Saudiya Arabistoni, Qatar va Livan termalari bilan birgalikda “E“ guruhdan oʻrin olgan.

Qoʻshimcha qilish joiz, KXDR FIFA reytingida 109-oʻrinda bormoqda. Oʻzbekiston terma jamoasi esa 96-oʻrinda qayd etilgan.

Milliy terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 16-oktabr kuni Qatar termasiga qarshi oʻtkazadi.