Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Nodirbek Abdusattorov Fransiya va AQSHlik shaxmatchilar bilan bahslashadi
12:35 / 2025-08-13

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Saint Louis Rapid & Blitz 2025” turniri qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Bugun, 13 avgust kuni mukofot jamg‘armasi 175 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning 7, 8 va 9-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 7-turda qora donalarda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav, 8-turda ham qora donalarda amerikalik Sem Shankland, 9-turda oq donalarda AQSH vakili Lener Dominges bilan kuch sinashadi.

Kecha o‘tgan 4-turda Abdusattorov oq donalarda asli rossiyalik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Grigoriy Oparinni mag‘lubiyatga uchratdi. Beshinchi turda qora donalarda blits bo‘yicha jahon chempioni, vetnamlik Lem Le Le bilan, 6-turda oq donalarda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan durang o‘ynadi.

Ushbu natijalardan keyin Nodirbek 5 ochko jamg‘argan holda 10 nafar ishtirokchi orasida 7-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 40 ming AQSH dollariga ega chiqsa, qolgan 9 ta o‘rindan joy olganlar belgilangan mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA