French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun NATO – Ukraina muzokaralari o‘tkaziladi
10:05 / 2022-01-10

NATO bosh kotibi Rossiya bilan muloqot arafasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashadi.

“Lenta.ru” xabariga qaraganda, uchrashuv bugun 10 yanvarda alyansning Bryusseldagi qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv yakuniga doir matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Stoltenberg Rossiya bilan muloqotdagi muzokaralarning asosiy mavzusi Yevropaning xavfsizligi masalalari bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Aniqlik kiritilishicha, alyans a’zolari “Ukrainaga tahdidni jilovlash” masalasida yakdil fikrda.