Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun “Nasaf“ o‘z maydonida guruh peshqadami bilan o‘ynaydi 
09:27 / 2024-10-02

Bugun, 2 oktyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining “D” guruhida 2-tur bahslari start oladi.

Unda Qarshining “Nasaf“ jamoasi BAAning “Shabab Al Ahli“ klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu o‘yin “Markaziy” stadionida mahalliy vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvni eronlik Payam Heydari bosh hakam sifatida boshqarib borsa, unga qanotlarda hamyurtlari Farhod Moravveji va Farhod Farhodpur yordam beradi. 

Shuningdek, O‘mondagi “Amman International” stadionida “Al Husayn” (Iordaniya) va “Quvayt SK” (Quvayt) klublari bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv esa mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. 

Ma’lumot o‘rnida: “D” guruhida birinchi turdan so‘ng “Shabab Al Ahli” 3 ochko bilan birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Nasaf” va “Quvayt SK” klublari 1 ochko bilan ikkinchi hamda uchinchi pog‘onadan joy olgan. “Al Husayn” jamoasi ochkosiz so‘nggi o‘rinda bormoqda. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA