Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining g‘arbiy mintaqasida umumiy bosqichning 4-tur uchrashuvlari 3-4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Hususan, bugun 3 noyabr kuni “Nasaf” – “Al-Vahda”, “Al-Duhail” – “Al-Ahli”, “Traktor” – “Al-Shorta”, “Al-Garafa” – “Al-Hilol” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Ertaga esa “Al-Sadd” – “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” – “Al-Sharja” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 4-tur o‘yinlarini yakunlab beradi.

Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tadigan “Nasaf” – “Al-Vahda” uchrashuvi bugun soat 18:30 da boshlanadi. Ushbu uchrashuvda mezbonlar qizil, mehmonlar esa oq rangli libosda maydonga tushadi.
O‘yinni Saudiya Arabistonidan kelgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Jumladan, Xalid Saleh Alturais uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlasa, Muhammad Maki Al-Bakriy va Abdulrahim Habib Al Shammari unga qanotlarda yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida Husayn Alfunhush Shuri faoliyat olib boradi. VAR va AVAR hakamlari etib Sulton Sanat Alharbi va Mahmud Al Shahdan tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida: Elit Osiyo chempionlar ligasining g‘arbiy mintaqasida umumiy bosqichning 4-turi oldidan “Al-Hilol” musobaqa jadvalida 9 ochko to‘plab yaqqol peshqadamlik qilmoqda. “Al-Ahli”, “Shabab al-Ahli” va “Al-Vahda” klublari bir xil 7 ochko to‘plagan holda gollar nisbatiga ko‘ra, 2-4-pog‘onalardan joy olgan bo‘lsa, “Traktor” 5 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.
Shuningdek, “Al-Sharja” 4, “Al-Ittihod” va “Al-Garafa” 3 ochkoga ega bo‘lib, kuchli sakkiztalikni yakunlab beran. “Al-Sadd” 2 ochko bilan 9, hisobida 1 ochkodan bo‘lgan “Al-Duxail” hamda “Al-Shorta” klublari 10-11 o‘rinlarda qayd etildi. Afsuski, “Nasaf” ketma-ket uchta o‘yindagi mag‘lubiyat evaziga so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA