Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Madina 5 ta, Hojiakbar esa 3 ta medalni terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi
17:21 / 2022-07-23

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida vakillarimiz  medallar olishda davom etmoqda.

Osiyo chempionatining bugungi kuni hamyurtimiz Madina Fayzullayeva uchun ham muvaffaqiyatli o‘tdi. 2005 yilda tug‘ilgan qizimiz ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida ishtirok etib, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. -76 kg. vazn toifasida qatnashgan Fayzullayeva dast ko‘tarishda 82 kg., siltab ko‘tarishda 106 kg., ikki kurash bo‘yicha esa 188 kg. natija ko‘rsatdi. Bu og‘irliklar unga o‘smirlar toifasida har uch yo‘nalishda oltin, yoshlar kategoriyasida esa dast ko‘tarish va umumiy hisobda bronza medallarini keltirdi.

Navbatdagi -89 kg. vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda yosh og‘ir atletikachimiz Hojiakbar Olimov ham mahorat ko‘rsatdi. U dast ko‘tarish mashqida 145 kg., siltab ko‘tarish mashqida esa 192 kg. lik marrani zabt etdi. Bu urinishlari unga kumush va oltin medallarni hadya etdi. Hojiakbar ikki kurash hisobida 337 kg. ni zabt etib,  shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

[gallery-8015]

Muhammad AMIN (surat),O‘zA