Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Isroil parlamenti qasamyod qabul qiladi
09:10 / 2022-12-29

Bugun, 29 dekabrda Isroil yangi hukumatining qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Koalitsiya hukumati tuzilishi yakunlanishi munosabati bilan bayonot bilan chiqqan "Likud" partiyasi yetakchisi Benyamin Netanyaxu "Isroilning bo‘lajak Vazirlar Mahkamasi qo‘shni davlatlar bilan tinchlikni mustahkamalash va "Ibrohim kelishuvlari" ni imzolagan – Bahreyn, Marokash, Birlashgan Arab Amirliklari va Sudan bilan munosabatlarni faollashtirish ustida ishlashda davom etadi", dedi. Uning o‘zi bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib chiqdi.   

"Hukumat Isroilning xavfsizligi, tarixiy va milliy manfaatlarini himoya qilgan holda barcha qo‘shni do‘stlarimiz bilan tinchlikni mustahkamlashga harakat qilamiz"

"Kan" radiosining xabariga ko‘ra, "Likud" partiyasining parlamentdagi fraksiyasi bir ovozdan Amir Oxanni Knesset spikeri etib sayladi. U lavozimidan ketgan Yariv Levin o‘rnini egallaydi.  

 

O‘zA