Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Guliston shahrining qator ko‘chalarida harakatlanish vaqtincha cheklanadi
11:34 / 2020-11-18

Bugun – 18 noyabr kuni Sirdaryo viloyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan vatanparvarlik ruhidagi madaniy-ko‘ngilochar tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Milliy iftixor ramzi sifatida tashkil etilayotgan tadbirlar "Vatanimiz bayrog‘i - faxrimiz g‘ururimiz" shiori ostida o‘tkaziladi.  

Soat 8.00 dan 11.00ga qadar avto, motohavaskor jamoalari, velosportchilar, harbiy otliq otryalari ishtirokida O‘zbekiston davlat bayrog‘i marshi o‘tkazildi.

Soat 11.00 dan 13.00 gacha Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri binosida asosiy bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirlar vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Guliston shahar 4-mavzesining Guliston ko‘chasi (Akademik litseyi) dan O‘zbekiston shox ko‘chasi bo‘ylab (Yangi bozor hududidagi yo‘l aylanmasiga qadar) Sayxun ko‘chasi kesishgan choraxa (“Yurt bayrog‘i”) gacha avtomobillar harakati (qisman tadbir ishtirokchilarining harakat vaqtida) vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB tashabbusi bilan o‘tkaziladigan yurish marafoni munosabat bilan Guliston shahar 4-mavzesining Guliston-Talabalar chorrahasidan Guliiston ko‘chasi bo‘ylab Zarbdor ko‘prigigacha soat 10:00 dan soat 12:00gacha avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Sirdaryo viloyati IIB YHXB ushbu noqulaylik uchun oldindan uzr so‘raydi.

 

 

Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati