-
“Yangi O‘zbekiston”da e’lon qilingan “O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi an’anaviy va ko‘p qirrali amaliy hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda”, “Iordaniya podshohining O‘zbekistonga tashrifi” nomli sahifalarda Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib ikki tomonlama muhim tadbirlarda ishtirok etgani, bu tashrifning ahamiyati haqida so‘z boradi. ”2025 yil O‘zbekiston va YUNESKO uchun tarixiy yil bo‘ladi”, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yetakchi kuchi”, “Tadbirkorlik – farovonlik va qudrat manbai”, “Bandixon: hadik o‘rnini ishonch va hayotdan rozilik hissi egalladi”, “To‘qimachilik Farg‘ona viloyatining asosiy drayveriga aylanmoqda”, “Oiliy ta’limga kirishda yuz foizlik natija”, “Uchinchi Renessans – uzoqdagi orzu emas, bugunning haqiqati”, “Bo‘ynimga yuklangan vazifani to‘g‘rilik bilan ado qildim” kabi maqola va sahifalarda istiqlol ruhi, bugungi kun manzaralari, hayot haqiqatlari aks etgan.
“Xalq so‘zi”da ham o‘quvchi e’tiborini tortadigan muhim mavzular keng yoritilgan. “O‘zaro do‘stlik va ko‘p qirrali amaliy hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlanadi”, “Istiqbolni ko‘zlagan diplomatiya” kabi maqolalar Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib, ikki tomonlama muhim tadbirlarda ishtirok etgani, erishilgan yutuqlar, tashrifning ahamiyati haqida so‘z boradi. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqandga tashrifi, yuksak marralar, buyuk maqsadlar sari yo‘l, yangi tashabbuslar, ustozlar haqqi, qonunga mas’ullik, ijodiy mahorat e’tirofi kabi maqolalarda mustaqillik shukuhi, Yangi O‘zbekiston manzaralari aks etgan.
“Hyrriyat”ning bugungi sonida bir qator e’tiborni tortadigan maqolalar bor. “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlanish marosimi aks etgan “Orzular haqiqatga aylangan kunlar” sahifani, O‘rtoq “O‘zbekfilm”, bo‘lar ekan-ku!”, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida texnologik mustaqillik nimalarga bog‘liq?”, “Maktablarda dinlar tarixi o‘qitilishi lozim” kabi maqolalar, Farida Afro‘zning “Vatan degan Vatan bo‘lajak” she’riy turkumi, Temirpo‘lat Tillayevning “Dengiz” hikoyasini, albatta, o‘qing.
“Oʻzbekiston ovozi”ning bugungi sonida istiqlol shukuhi aks etib turibdi. “Mehnatning mevasi shirin bo‘ladi”, “Bayram arafasidagi o‘ylar”, “Yangi O‘zbekistonning muhim darvozasi”, “Ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtiruvchi kuch”, “Shodiyonada birgalikda” kabi maqolalarda tobora yaqinlashib kelayotgan eng aziz va ulug‘ bayram ruhini his qilasiz.
“Mahalla” bugungi mahalalarimiz, jamiyatimiz hayotini o‘zida aks ettiradigan ko‘zgu. “Har bir mahallada futbol maydoni bo‘ladi”, “16 million kishi obodlik ishlariga bosh qo‘shdi”, “Shahardan qolishmaydigvan sharoitga ega bo‘ldik”, “Tvashabbuskorlik taraqqiyotga tayanch bo‘lmoqda”, “Yangilanish, imkoniyat va javobgarlik – faoliyatimiz mezoniga aylangan”, “Inson uchun saxovatdanazizroq sifat yo‘q” kabi ixcham-ixcham maqolalarda berilgan muhim axborot, ma’lumot, mulohaza-mushohadalar hayotimizning ajralmas bir bo‘lagi ekanini his qilib borasiz.
“Ma`rifat” – ziyolilarning, ta’lim-tarbiyaga befarq bo‘lmagan barcha ustoz, murabbiylarning minbari. Akademik Shuhrat Sirojiddinovning “Ulug‘ Amir va Donna Mariya” filmidan olgan taassurotlarim” nomli mulohazalariga, albatta, e’tibor bering. “Dissertatsiyalar amaliyotdan uzilib qolmoqda”, “Maktabga borishdan qo‘rqaman”, “Bitiruvchilar o‘z sohasida ishlamoqda”, “Pedagog maqomi: kechagi orzular – bugungi haqiqat”, “Prezident iqtidorli farzandlari” yoshlar orzulariga qanot bo‘ladi”, “Mas’ullar nega va’dalarni bajarmaydi?” kabi o‘nlab maqolalarda ta’lim-tarbiya, bu boradagi ba’zi muammo va qusurlar haqida so‘z boradi.
Bugungi gazetalarni o‘qing...
A.Narzulloyev, O‘zA