Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
09:38 / 2025-08-19

-

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18 avgust kuni Toshkent shahrida qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasi, Yuqori Chirchiq tumanidagi Milliy futbol markazi faoliyati hamda yangi turizm infratuzilmasi ob’ektlari bilan tanishgani tafsilotlariga bag‘ishlangan katta sharh e’lon qilingan. Gazetada davlat rahbarining “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: Umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida o‘tayotgan yuqori darajadagi uchrashuv ishtirokchilariga tabrigi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmoyishi, “Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risda”gi qarori e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomovning “Tadbirkorlar huquqlari sud himoyasida”, “Ishbilarmonlar navbatdagi uchrashuvdan nimalar kutyapti?”, “Davolanish uchun uzoqqa borishga zarurat qolmadi”, “Dunyoga teran ko‘z, uyg‘oq qalb bilan boqish kitoblar orqali kechadi” kabi maqola, sahifalarda islohotlar, taraqqiyot odimlari, inson qadri, bugungi jamiyat, vatan va unga egalik hissi aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari Olimpiya shaharchasi, Yuqori Chirchiq tumanidagi Milliy futbol markazi faoliyati hamda yangi turizm infratuzilmasi ob’ektlari bilan tanishgani tafsilotlariga bag‘ishlangan “Olimpiya shaharchasi mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi” nomli sahifa, shuningdek, davlat rahbarining “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: Umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida o‘tayotgan yuqori darajadagi uchrashuv ishtirokchilariga tabrigi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmoyishi, “Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risda”gi qarori e’lon qilingan. “O‘zaro aloqalar yangi bosqichda”, “O‘zbekiston o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan davlat sifatida uzoq yo‘lni bosib o‘tdi”, “Kelajak suvga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq”, “Mahsulotlar ko‘paytirilib, narx barqarorligi ta’minlanadi”, “Nonning uvog‘i ham non!”, “Ayol asalarichilar mahallasi haqida eshitganmisiz?” kabi maqolalar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. 

“Ishonch”da ham o‘quvchi e’tiborini tortadigan bir qator maqola, sahifalar e’lon qilingan. “Asosiy maqsad – yoshlarimizning sog‘lom va barkamolligi” sahifasi davlat rahbarining 18 avgust kuni Olimpiya shaharchasida qurib bitkazilgan yirik sport majmualari, Yuqori Chirchiq tumanidagi Milliy futbol markazi faoliyati hamda yangi turizm infratuzilmasi ob’ektlari bilan tanishuviga bag‘ishlanadi. Xodimning mushkuli aridi”, “Chinobod”da Vatan madhi”, “Islohotlar shtabi” el yumushlariga yelka tutadi”, “Qurilish boshlanmoqda”, “Tomchilatib sug‘orish hamma uchun”, “Ta’lim: biz nega o‘zgarishlardan qo‘rqamiz?”, “Oltin” urf-odatlarga emas “mis”larning yaltir-yulturiga havasmandlar ko‘payib boryapti” kabi maqolalarda ko‘tarilgan masalalar, mulohaza, mushohadalar sizni ham bahsga chorlaydi.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA