-
“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 iyul kuni qator xorijiy mamlakatlarning yetakchilari va nufuzli siyosatchilari bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berilgan. Xabarda ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida xorijiy hamkorlar davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda yangi muvaffaqiyatlar tilab, mamlakatimizning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq izhor etganlar. Gazetadan davlat rahbarining tug‘ilgan kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etib, o‘zlarining samimiy qutlovlari va ezgu tilaklarini bildirgan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, taniqli siyosat va damoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mehnat jamoalari, mahallalar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari faollariga, tadbirkorlarga, mamlakatimiz va chet ellardagi barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorchilik izhor etgan sahifa ham e’lon qilingan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev o‘zining “Xalqparvarlik fenomeni. Yangi O‘zbekiston tarixi qanday yozilmoqda?” maqolasida shunday yozadi: “Yillar o‘tadi. Yangi O‘zbekiston tarixini o‘rganuvchilar ko‘z o‘ngida davlat rahbarining faoliyatidagi xalqparvarlik fenomeni, ulug‘ maqsad yo‘lidagi fidoyiligi, xalq bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgani, yangi davr avlodini tarbiyalash kabi bir-biridan muhim vazifalar ijrosi qanday amalga oshirilgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonning kuchli moddiy va ma’naviy salohiyati ularni, shubhasiz, ruhlantiradi”. “Gidroenergetika: mahalliy texnologiyalar – istiqbol kaliti”, “Izlanishlar mohiyatida Vatan tursa bas...”, “Baxtli chehralar ortidagi ezgulik” kabi maqolalar muhim masalalar tahliliga bag‘ishlangani bilan o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.
“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 iyul kuni qator xorijiy mamlakatlarning yetakchilari va nufuzli siyosatchilari bilan telefon orqali muloqoti haqida xabar berilgan. O‘zaro suhbatlar chog‘ida xorijiy hamkorlar davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda yangi muvaffaqiyatlar tilaganlar. Gazetadan davlat rahbarining tug‘ilgan kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etib, o‘zlarining samimiy qutlovlari va ezgu tilaklarini bildirgan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, taniqli siyosat va damoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mehnat jamoalari, mahallalar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari faollariga, tadbirkorlarga, mamlakatimiz va chet ellardagi barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorchilik izhor etgan sahifa ham joy olgan. “AQSH Kongressida “O‘zbekiston kuni” forumi bo‘lib o‘tdi”, “Jazo choralarining ta’sirchanligi oshirilmoqda”, “Eksportni kengaytirish uchun muhim vosita”, “Zararni qoplash huquqiy jihatdan kafolatlanmoqda” kabi maqolalarda inson va jamiyat, mavjud holat, islohotlarga tanqidiy yondashuv ruhi aks etgan.
“Jadid”ning bugungi soni ozarboyjonlik taniqli shoir, adabiyotshunos Akif Azalpning “O‘zbek kelayotir...” nomli maqolasi bilan boshlanadi. – O‘zbekiston deganda o‘ng qo‘lim beixtiyor ko‘ksimga qanday ko‘tarilganini o‘zim ham sezmay qolaman. Ayniqsa, Yangi O‘zbekistonning keyingi yillardagi ulkan zafarlarining xush mujdalarini eshitganimda quvonganimdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmayman, deb yozadi muallif. Akip og‘aning samimiy dilnomasini, albatta, o‘qing. Hindistondagi Javoharla’l Nuru universiteti professori, turkolog Axlok Ahmad Axan bilan suhbat, “Ikki qutbni birlashtirgan hofiz”, “Bahrombek tarjimon kim bo‘lgan?”, “Shoxiga ursang, tuyog‘i zirqiraydi” kabi maqolalar, taniqli shoir O‘tkir Rahmatning “Quyosh fvarzandi” nomli balladasi tarix va bugungi kun haqiqatlarini ko‘z o‘ngingizda bir-bir namoyon etadi...
“Adolat”da e’lon qilingan “Shifokor + dorixona = hamkor”ligiga barham beriladimi?” nomli sahifa qiziq, o‘qing. “Klipli fiklash fenomeni: vaqtning tezkorligi yoki kelajak uchun tahdid?”, Fazilat va illat: qay biri g‘olib?”, “Daraxtga pasport bergan yaponlar” kabi dolzarb masalalar tahilili, ularda ko‘tarilayotgan og‘riqlar o‘quvchini yon-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikka undaydi.
Bugungi gazetalarni o‘qing.
A.Narzulloyev, O‘zA