Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:14 / 2024-11-01

-

“Yangi O‘zbekiston”da e’lon qilingan “Iqtisodiy-investitsiyaviy imkoniyatlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutadigan zamonaviy korxonalar ko‘payib borayapti” nomli sahifada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31 oktyabr kuni  Navoiy viloyatiga buyurgan tashrifi tafsilotlari aks etgan. Gazetada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga tabrigi, shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 75 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. “Sifat va miqdor muvozanati yoxud inson kapitalini qanday yaratamiz?”, “Yashil” energiya ham ishlab chiqarishda, ham iste’molda manfaatli”, “Real vaqt texnologiyalari faqat muvaffaqiyat uchun ishlaydi”, “Ortiqcha vazn muammosi” kabi maqolalarda  ilm-fan yutuqlari, muhim mavzular tahlili, salomatlikka oid  zarur ko‘rsatmalar aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Naviy viloyatiga safari tafsilotlariga oid “Istiqbolli loyihalar va malakali kadrlar iqtisodiyot rivojiga yangicha sur’at bag‘ishlaydi” nomli sahifa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga tabrigi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 75 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni hamdadavlat rahbarining “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yangi saylangan deputatlari ro‘yxatga olindi” nomli sahifa ham gazetxon uchun qiziq. 

“Jadid”ning bugungi sonida o‘quvchi e’tiborini tortadigan jiddiy materiallar ko‘p. Shahriyor Shavkatning “Marg‘ilonda Uvaysini ko‘rdim”, Ro‘zimboy Hasanning “Kibrimiz osmon qadar...”, Rustambek  Shamsuddinovning “Akbar O‘rozaliyev jadid, diplomat”, “Oramizdagi odamlar” ruknida berilgan “Yuragida quyosh tafti bor” kabi maqolalar, taniqli yozuvchi Qulmon Ochilning “Seni deyman” nomli hikoyasida o‘zlikni anglashga da’vat, inson va uning qalbiga xitob, hayot haqiqatlari, olam va odam uyg‘unligi aks etgan. 

Adolat”ning bugungi soni joriy yilning 27 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga bag‘ishlangan, deyish mumkin. “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudovaning brifingdagi nutqi, Markaziy saylov komissiyasi majlisida saylov natijalari rasman tasdiqlangani, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yangi saylangan deputatlari ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi sahifalar o‘quvchini befarq qoldirmaydi. “Reabilitatsiya: huquqlar qanday tiklanadi?”, “Har bir murojaat ortida inson taqdiri”, “Yashil maskanlardagi dilxiraliklar qachongacha davom etadi?”, “Yo‘lakdagi chiqindixona yoxud uyatsizlikdan uyalaylik”, “Plastik kartangizni ehtiyot qiling!” kabi maqolalarda ko‘tarilgan masalalar nafaqat e’tiborni o‘ziga jalb qiladi, balki o‘quvchini hushyorlikka, ogohlikka ham chorlab turadi...

“Vatanparvar” – yoshlar qalbiga xitob qilguvchi, Yurt, Vatanni sevishga chorlovchi gazeta. Gazeta taniqli yozuvchi, munaqqid, jurnalist Jovli Xushboqning “Seni ulug‘layman, ona vatanim – O‘zbekiston!” nomli maqolasi bilan boshlanadi. “Ur to‘qmoq”qa aylan, tilim!”, “Yoshlar tarbiyasida jadidona tafakkur”, “Mohir sarkarda Sulton Abu Said Mirzo”, “Yulduzli tunlar” og‘ushidagi adib”, “Vatanparvarlikning ma’naviy olami”, “Kitobni ustoz bilgan azamatlar” kabi maqolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘ulari ustuvor. 

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA