Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
11:10 / 2024-10-17

“Yangi O‘zbekiston”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16 oktyabr kuni yo‘l xo‘jaligi sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishgani to‘g‘risidagi sharh bilan tanishasiz. Gazetaning bugungi sonida e’borni tortadigan bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilingan.

“Energiya resurslaridan oqilona foydalanish”, “Sotib olish emas, balki ichki imkoniyatlarni to‘liq ishga solish siyosati”, “Islom – tinchlik va ezgulik dini” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqaro maydondagi tinchlik va ezgulik targ‘ibotchisi” kabi maqolalar shular jumlasidan. “Xorijdagi vatandosh” ruknida e’lon qilingan “Chet elda ishlayotgan tarjimon qiz Qashqadaryoga katta investitsiya yo‘naltirdi” maqolasida shunday yoziladi: “Taxminan uch-to‘rt oy oldin Qashqadaryo viloyati hokimi bilan xorijda ishlab yurgan, ta’lim olayotgan yoshlar o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etilgandi. Suhbatda yoshlarning fikriga quloq tutildi. Ularning fan va  ta’limda erishayotgan yutuqlari e’tirof etildi. Muammolarni bartarf etish uchun amaliy harakat boshlangani ta’kidlandi. Shu bilan birga, yoshlarning ba’zi takliflari eshitilib, loyihalari inobatga olindi. Jumladan, ayni paytda Janubiy Koreyadagi yirik korxonalardan birida ishlayotgan Lobar Zoirova yaxshi tashabbus bilan chiqdi. Hozir KDI kompaniyasida tadqiqotchi hamda tarjimonlik bilan shug‘ullanayotgan qiz korxonasi viloyatga katta miqdorda investitsiya kiritmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu taklif hokimlik tomonidan ma’qullanib, kompaniya rahbariyati viloyatga taklif etildi va tegishli muzokaralar olib borildi...”. Maqolani, albatta, o‘qing.

“Xalq so‘zi”da ham e’tiborni tortadigan bir qator maqolalar berilgan. “Yangilanish jarayoniga daxldorlik hissi va mas’uliyat” maqolasi, ayniqsa, e’tiborli. Unda bugungi kunda Toshkent viloyatida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar tilga olinadi. Chunonchi, 2021 yilda hududning kambag‘allik darajasi 23,2 foiz bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 10,2 foizni tashkil etmoqda. Bunday natijalarga erishishda aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularga munosib ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli va uzoqni ko‘zlagan siyosat hal qiluvchi omil bo‘lgani asos qilib ko‘rsatiladi. “Jenevada O‘zbekiston kuni”, “Hayotiy masalalarga oid xalqchil normalar”, “Ulamolar O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslarini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi”, “Atom energetikasini rivojlantirish muammolari va imkoniyatlari muhokamasi”, “Do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlovchi adabiy meros”, “O‘zbekistondagi islohotlar haqidagi kitob AQSHda nashr etildi” kabi maqolalarda Yangilanayotgan O‘zbekiston, inson va jamiyat manzaralari aks etgan.

“Mahalla” bugungi mahalalarimiz, jamiyatimiz hayotini o‘zida aks ettiradigan ko‘zgu. “Xitoy delegatsiyasi Uyushma faoliyatini e’tirof etdi”, “Nemis tajribasi asosida kasbga tayyorlanadi”, “Kasbi, hunari borlar o‘z uyida band bo‘layapti”, “Boshqa ishga o‘tganda, intizomiy jazo o‘z kuchini yo‘qotadimi?”, “Endi ta’lim krediti hammaga ajratilmaydi. Nega?”, “4 milliondan ortiq yurtdoshimiz soliq to‘ladi. Siz-chi?”, “Sinovlar sabr va bardosh bilan yengiladi” kabi maqolalarda mahallalarimizdagi bugungi asl hayot, uning yutuq va muammolari aks etgan.

“XXI ASR”da saylov jarayonlariga keng e’tibor qaratilgan. “Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!” sahifasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyati aks etgan. “Saylovoldi uchrashuvlar bayramona ruhda o‘tmoqda”, “OʻzLiDep: 5 maqsad doirasida 500 vazifani amalga oshiradi”, “Yangilikka asoslangan liberal g‘oyalar – taraqqiyot tayanchi” kabi maqolalarda muhim pallaga kirgan saylov, joylarda saylovchilar bilan uchrashuv, muloqotlar haqida so‘z boradi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Anvar Boboyevning “So‘zning tuzi nimada? nomli maqolasi ona tili, so‘zlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llash odobi, tilni qadrlash haqida. O‘qing.

“Jamiyat” – bugungi jamiyat muammolari bilan nafas oladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidovning “Hozirgi zamon: Yangi O‘bekiston va fuqarolik jamiyati: holati va istiqbollari” maqolasini, albatta, o‘qing. Unda Yangi O‘zbekistonda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatni shakllantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohtlar haqida so‘z boradi. “Loqayd kimsalardan qo‘rq”, “Samarali jamoatchilik nazorati – islohotlar talabidir”, “Barqaror rivojlanish kafolati”, “Hashamat balosi“, “Onalik huquqidan mahrum qilinsin”, “Tog‘dan oshgan tikuvchi” kabi maqolalarda olam va odam, inson va jamiyat hayoti aks etgan.

“Qishloq hayoti”da Jizzax viloyatining Baxmal tumanidan tayyorlagan sahifa e’tiborli. “Toshkent viloyati izchil o‘sish, zamon bilan ildamlash yo‘lidan boradi”, “Muddatidan oldin ovoz berishga start berildi”, “Kambag‘allikdan farovonlikka”, “Suv xo‘jaligining yetakchi ayollari taqdirlandi”, “O‘z tilingni asray bil!” kabi maqolalarda bugungi qishloq hayoti, qishloq odamlari haqida so‘z boradi.

Bugungi gazetalarni o‘qing. 

                                                                                                         O‘zA