English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:06 / 2024-10-09

-

“Yangi O‘zbekiston”da ”MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning rivojlanish istiqbollari va amaliy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi” nomli katta sahifa e’lon qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-8 oktyabr kunlari Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtiroki haqida so‘z boradi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririga bergan intervyusini, albatta, o‘qing. “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi... yorug‘ kelajak poydevori qanday qo‘yilmoqda?” degan savollarga javob olasiz. “XXI asr ayoli”, “Muallimlar tayyorlovchi bosh oliygoh”, “Uyda o‘tirib, sal chetga chiqib qolibman”, “Ko‘ngilga quyilgan ilohiy so‘z” kabi maqola va sahifalarda ko‘tarilgan masalalar, mushohadalar, dil so‘zlari va shukronalik tuyg‘ulari o‘quvchi qalbidan joy oladi.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-8 oktyabr kunlari Moskva shahriga qilgan amaliy tashrifiga oid katta sahifa e’lon qilingan. “Xotira poyezdi” ishtirokchilari bilan muloqot”, “Korrupsiya – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat”, “Ilm-fan ravnaqida qonuniylik va mas’ullik”, “Onam bilan mashoq terganman...” kabi maqolalar o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Hyrriyat”ning bugungi sonida o‘quvchi e’tiborida bo‘ladigan bir qator yaxshi maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Hulkar To‘ymanovaning Ona vatan bog‘lari – yurt ko‘rki” maqolasida mamlakatimizda bunyod etilayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari sonini yildan yilga ko‘paytirish, kishilarning bahri-dili ochiladigan, charchog‘i yoziladigan maskanga aylantirish bo‘yicha qilinayotgan xayrli ishlar xususida so‘z boradi. “Qardoshlar tanlovi” ruknida berilgan “Qozog‘istonning azmu qarori” sahifasi orqali joriy yilning 6 oktyabr kuni Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan referendum natijalari bilan tanishasiz. “Oqibat maktabi”, “Amir Temur va To‘xtamishxon”, “Qabrdan qaytgan bola”, “Qalbimizga bir nazar” “Yolg‘onsiz yashab bo‘ladimi?”, “Cheksizlikning chegarasi bor”, “Muallim, muallim, yodingizdami?” kabi maqolalar, sahifalarda odam va olam, inson va jamiyat hayoti aks etgan. 

“Oʻzbekiston ovozi”ning bugungi sonidan saylov jarayonlari keng o‘rin olgan. “Uchrashuvlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda”, “Bizning nomzodlarga ovoz bering!”, “Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti – kuchli ijtimoiy siyosatning asosidir” kabi maqolalarda saylov kuni yaqinlashgani sari jarayon avj pallaga kirayotgani, XDPdan xalq vakilligiga ko‘rsatilgan nomzodlar, Xalq demokratik partiyasi olib borayotgan siyosat o‘z aksini topgan. “Tanlanganlar orasidan tanlanganlar” sahifasi e’tiborni tortadi.  Joriy yilda Nobel mukofotlari 7-14 oktyabr kunlari topshirilishi e’lon qilingan. Eng qizig‘i, bu yil Tinchlik bo‘yicha hech kimga mukofot berilmasligi mumkin. Sababi aniq, dunyo urushlar iskanjasida qolgan. “Balki, aynan bu yil Nobel tinchlik mukofoti qo‘mitasi mukofotni topshirmay, e’tiborni urushayotgan sayyoraga qaratishi lozimdir”, - deydi Stokgolm xalqaro tinchlik instituti rahbari Den Smit.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. Gazeta “Yosh kitobxon oila” sahifasi bilan boshlanadi. Unda yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilalarda o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan “Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi haqida so‘z boradi. “Gaz yo‘q, ko‘mir sifatsiz, qishga nima yoqamiz?”,  “Ey turkiy elim”, “Men kasbimdan nega faxrlanaman?”, “Po‘latzov yoxud avliyolar makoni” kabi maqolalarda yoshlarning yutuq va muammolari, jamiyat hayoti aks etgan....

Bugungi gazetalarni o‘qing...

O‘zA