Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:24 / 2024-10-08

_

“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahriga borgani to‘g‘risida xabar beradi. “Olimpiya shaharchasi o‘zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanadi” nomli maqola e’tiborli. Unda Osiyo paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashidning yurtimiz va uning odamlari haqidagi ushbu so‘zlari qimmatli: “Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi va bugungi holatini o‘rganish jarayonida o‘zbek xalqining oddiy ishchisida ham sportga qiziqish va muhabbatni ko‘rdim. Bejiz O‘zbekiston parasportchilari yildan yilga yuqori natijalarga erishmayapti. Umrini sport bilan bog‘lashni istagan har bir o‘zbek o‘g‘il-qizi uchun birdek to‘siqsiz muhit yaratilgan”. Maqolani, albatta, o‘qing. “Yetti muhim tashabbus”, “Ham o‘qib, ham ishlash imkoniyati”, “Oddiy muallimning dardi yuksakdir”, “Qon va jon evaziga asralgan o‘zlik, “Moziyga qarab ish ko‘rmoq...” kabi maqolalarda yangi O‘zbekiston manzaralari, islohotlar va taraqqiyot jarayonlari, inson va jamiyat masalalari tahlil qilingan.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga borgani to‘g‘risida xabar berilgan. “O‘zbekiston – MDH: umumiy taraqqiyot va xavfsizlik makoni” sahifasida shunday faktlarga duch kelasiz: “2017 yildan boshlab O‘zbekiston Hamdo‘stlik doirasidagi faoliyatini sezilarli darajada jadallashtirdi. Xususan, O‘zbekiston so‘nggi yetti yetti yilda avval imzolangan 24 ta ko‘p tomonlama hujjat, MDH oliy organlarining 22 ta qarori va 20 dan ortiq sohaviy hamkorlik organlariga qo‘shildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2023 yillarda  Davlat rahbarlari kengashi majlislarida ishtirok etishi natijasida MDH doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 90 ta turli taklif ilgari surildi hamda ularning o‘z vaqtida va to‘liq miqyosda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida “yo‘l xaritalari” qabul qilindi. “Islohotlar yo‘lidagi ishonchli hamkor”, “Mintaqa ayollarining muhim platformasi”, “Ta’lim sohasidagi strategik tafakkur zarur” kabi maqolalarda jamiyatning muhim masalalari tahlili aks etgan.

“Ishonch”da “Bu yil qishda gaz muammo bo‘lmaydi” nomli maqola e’lon qilingan. Xo‘sh, bu gap qanchalar asosli?.. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning quyidagi so‘zlari bunga asos qilib ko‘rsatiladi: “Bugungi kunda bizda qish mavsumi uchun yerosti gazi saqlash omborlariga 5,1 milliard kub metrdan ortiq gaz jamlandi. Agar solishtiradigan bo‘lsak, bu o‘tgan yilgi hajmlarga nisbatan 1,1 milliard kub metr ko‘proq...”.  Gazetada e’lon qilingan “Qariyb 52 million  so‘m tovon puli undirildi”, “Turon tarixi qanday yoziladi?”, “Yoshlar tarbiyasida nimalarni unutdik?”, “Qoddir chavandozning aytganlari” kabi maqolalar mavzular rang-barangligi, muhim masalalar tahliliga bag‘ishlangani bilan e’tiborli.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA