Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
09:02 / 2024-09-20

-

“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni ikkita taqdimot – qishloq xo‘jaligidagi islohotlar ijrosi va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda turizm sohalaridagi takliflar bilan tanishgani haqida xabar – sharhlar beradi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi, siyosiy fanlari doktori, professor Qahramon Quronboyevning “Buyuk o‘zbek yo‘li” ruknida berilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” maqolasi e’tiborli. – Xo‘sh, farovonlik nima degani? Aytish kerakki, bu tinimsiz izlanish, intilish demakdir. Yashash uchun to‘la-to‘kis sharoitga ega bo‘lish, imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, tinchlik-xotirjamlikda umr kechirish, degani. Farovonlikka o‘z-o‘zidan erishilmaydi. Buning uchun inson o‘zini qiynashi, harakat qilishi, yaxshi hayot uchun imkoniyatlar izlashi kerak, deya yozadi muallif. Gazetada Yevropa  tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso xonimning “Dunyo” axborot agentligi muxbiri savollariga javobi, turli mafkura va yangi g‘oyalar raqobati, sog‘lom farzandning dunyoga kelishi, termiziylar merosi, farahbaxsh kunlar yog‘dusi ruhi aks etgan maqola, sahifalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami, yutuqlar, kecha va bugun, o‘zgarayotgan jamiyat manzaralari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan muhim tadbirlar, “Odil Reno-Basso: Birgalikdagi sa’y harakatlarimiz O‘zbekistonga yillik investitsiyalarni bosqima-bosqich 1 milliard yevroga yetkazish imkonini beradi”, “Adliya sayli”: muammolar yechimi, bilimlar sinovi va huquqiy savodxonlik”, “Farovonlikka eltuvchi umummilliy harakat”,  “Yaxshilikning mukofoti”, “Atoqli shoirning ikki benazir to‘plami”, “Yevropaga saboq bergan o‘zbek allomalari” kabi maqolalarda inson va jamiyat, farovonlik sari muhim qadamlar, milliy ruh va unga ozuqa beruvchi omillar haqida so‘z boradi.

“Jadid”ning bugungi sonida o‘qishga arzigulik materiallar bir talay. Humoyun Akbarning tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov bilan “O‘tmish va kelajak tutashgan nuqtada” nomli suhbatini, albatta, o‘qing. “Millat iftixoriga aylangan daho”, “Vatan ko‘ngildadir, ko‘ngil Vatanda”, “Qars ikki qo‘ldan... Qarz-chi?”, “Arminiy Vamberi o‘zbek diyori va allomalari haqida”, “Nafs, jism va ruh” kabi maqolalarda egilib, bukilib sinmagan haqiqat, olam va odam, chin inson qismati, o‘zidan yorqin iz qoldirgan jadidlar nafasini his qilasiz. 

“Vatanparvar” – yoshlar qalbiga xitob qilguvchi, Yurt, Vatanni sevishga chorlovchi gazeta. “Siz meni o‘qitgansiz!”, “Qimmatli poydevor”, “Ota-onalarga rahmat desalar bas”, “Tayyorgarlik qanday ketmoqda?”, “Xabarchi qushlar”, “Kul bosgan cho‘g‘lar” kabi maqolalar, atoqli shoir Usmon Azimning “Jang qil, bila turib mag‘lubiyatni” nomli turkum she’rlarida Vatanga muhabbat tuyg‘ulari ustuvor. 

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA