Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
09:47 / 2024-09-18

-

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17 sentyabr kuni Ostona shahrida ikkinchi “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida ishtirok etgani, ushbu sammitda so‘zlagan nutqi e’lon qilingan. Gazetada O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va Respublika nuroniylarining O‘zbekiston xalqiga murojaati ham bosilgan. “Hududlar hayoti” ruknida berilgan “Shu yerda yetishtiriladi, qayta ishlanadi va xorijga sotiladi”, “Qancha imkoniyat yaratilsa, o‘n karra, yuz karra bo‘lib qaytadi” kabi maqolalarni o‘qib, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini his qilasiz. “Qishloqda nima gaplar?”, “100 yillik o‘ylar yoxud to‘ylar ko‘paygani yaxshi, isrofgarchilik emas!” maqolalaridagi tahlil va taqqos, mulohaza  o‘quvchini mushohadaga chorlaydi. “Kitoblar millat g‘oyasining uzviy davomi”, “Vatanparvarlik: sadoqat, fidoyilik va teran ma’naviy boylik hosilasi” kabi maqolalarda bilim orqali o‘zlikni anglash g‘oyasi, Yurt –  Vatanga muhabbat tuyg‘ulari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da “Markaziy Osiyo va Germaniya: hamkorlik istiqbollariga yo‘naltirilgan muhim taklif va tashabbuslar”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitidagi nutqi” e’lon qilingan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan tayyorlangan “Qizg‘in fikr-mulohazalar – mustahkam huquqiy asos omili” sahifasi deputatlar tomonidan ko‘rilayotgan masalalar qamrovining kengligi va muhimligi bilan ajralib turadi. “Partiyalarning siyosiy spektri nega muhim?”, “Qop-qop va’dalar berilmoqda, biroq...” kabi maqolalarda saylov jarayonlari bilan bog‘liq muhim jihatlar, shuningdek, Buxoro viloyatining ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi Shofirkon filiali binosining abgor holati haqida achchiq va ochiq gaplar aytilgan.

“Hyrriyat”da o‘quvchi e’tiborini tortadigan bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilingan. “Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir insondan boshlanadi”, “Gazetasiz xalq tilsiz odam kabidir”, “Ijtimoiy tarmoqmi, qarmoqmi?”, “Nahotki “Madaniyat”da madaniyatshunoslik o‘qitilmasa?”, “Tamerlan” – qo‘rqinchli emas...”, “Inson yaltiramay porlashi kerak yoxud “Kitoblar xiyoboni”dagi o‘ylar” kabi maqolalar chuqur tahlilga asoslangani, jamiyatning og‘riqli nuqtalari aks etgani bilan e’tiborli.

“Ishonch”da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va “Nuroniy” jamg‘armasini yurtdoshlarimizga Murojaati e’lon qilingan. “Harakat ham yaxshi niyatga yarashami?.. Yoxud Andijon viloyati ta’lim tizimidagi muammolarga bir nazar”, “Kustoning ikkinchi kasbi”, “Bedorlik haqiqatlari”, “Buvisiga tortgan qiz” kabi maqolalar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Ma`rifat” – ziyolilarning, ta’lim-tarbiyaga befarq bo‘lmagan barcha ustoz, murabbiylarning minbari. Gazeta “Attestatsiya yaqinlashmoqda: bahorgi jarayonlar qanday o‘tgan edi?” sahifasi bilan boshlanadi. “Abituriyentlikdan talabalikkacha”, “Urush, sog‘inch va Ota... G‘.G‘ulomning “Sog‘inish” she’ri bilan tanishish”, “Ma’naviyatshunoslik o‘qitilishi kerak”, “Ikkinchi Ibrohim Adhamga aylangan Buxoroning darvesh hukmdori”, “Jahon chempionlarining murabbiysi”, “O‘qituvchilarga amaliy ko‘makdosh jurnal chiqa boshladi”, “Fikrning yuksakdagi tajassumi” kabi maqolalar samimiyligi, qalb va ruh tarbiyasiga yo‘naltirilgani bilan e’tiborli.

“Oʻzbekiston ovozi”da e’lon qilingan sahifa, maqolalarda saylov  jarayonlari keng aks etgan. “Saylov – 2024”, “Saylov shtablarida nima gap?” kabi maqolalar shular jumlasidan. “Fayzu baraka yoshi ulug‘larimizdadir”,   “Asos talab qilinadi”, “Ijtimoiy tenglik va birdamlik haqida” kabi maqolalarda bugungi ijtimoiy hayot manzaralari aks etgan. “Asosiy stavka yillik 13,5 foiz darajasida qoldi” maqolasi ko‘pchilik uchun qiziq. “Eng yaxshi tadbirkor aniqlandi” sahifasi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash haqida.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “45- Jahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekistondan 5 g‘alaba”, “Namunaviy festival yuqori saviyada o‘tdi”, “Kitob festivali”, “Nazorat ham, so‘rov ham qattiq bo‘ladi”, “O‘zbekistonda tadbirkorlar ijtimoiy javobgarlikni his qiladimi?”, “Yoshlar ko‘proq kimga suyanmoqda?” kabi maqolalarda yoshlar va jamiyat hayoti aks etgan....

Bugungi gazetalarni o‘qing...

O‘zA