Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
09:08 / 2024-09-13

-

“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 sentyabr kuni Turkiya Respublikasining tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qilgani  to‘g‘risida xabar beradi. Gazetada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek, “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham e’lon qilingan. “Bir musht bo‘lib jipslashayotgan mintaqa”, “Kreativ iqtisodiyot. U nimasi bilan afzal?”, “Davlat tashabbusini qanday tushunyapmiz?” kabi maqola, sahifalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami, yutuqlar, kecha va bugun, o‘zgarayotgan jamiyat manzaralari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 sentyabr kuni Turkiya Respublikasining tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qilgani  to‘g‘risida xabar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. “Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi yo‘lidagi muhim platforma”, “Inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan umummilliy harakat”, “Kambag‘allikdan – farovonlik sari”, “Yurtimiz mundialga mezbonlik qiladi” kabi maqolalar muhim, dolzarb masalalarga bag‘ishlangani bilan e’tiborli.

“Jadid”ning bugungi sonida o‘qishga arzigulik materiallar bir talay. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “G‘oliblar qasidasi” manzumasi, atoqli shoir Shavkat Rahmon tavalludining 70 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Millatni uyg‘otuvchi orzu” sahifasi, “Musaxo‘ja Hakimov – “katta terror” qurboni”,  “Isrof va kambag‘allik”, “Yer qa’ridagi xazina”, “Ismoilbek G‘asprali fenomeni”, “Afandi kimga xizmat qilgan?” kabi maqolalarda egilib, bukilib sinmagan haqiqat, olam va odam, chin inson qismati, o‘zidan yorqin iz qoldirgan jadidlar nafasini his qilasiz. 

“Milliy tiklanish”da ham o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortadigan qiziq maqolalar ko‘p. “Davlat rahbarining kambag‘allikni qisqartirishni umummilliy harakatga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz”, “Yangi O‘zbekiston yo‘li taraqqiy etgan davlatlar yo‘lidir”, “75 ta saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzodlarga muvaffaqiyat qozonish talabi qo‘yildi” “Oyda 4 million. Bu ko‘pmi yoki kam?”, “Janob mutasaddilar sizlarni “Tojmahal kutyapti...”, “Yuqumli kasallik bu!”, “Jadidchi Rahimiylar sulolasi yoxud general Sobir Rahimovning tutingan otasi” kabi maqolalar,  ustoz Shavkat Rahmonning o‘tlug‘ she’rlarida aks etgan tuyg‘ular – mushohada, og‘riqlar qalbingizda aks sado berib turadi...

Adolat”da bo‘lajak saylovlarga keng o‘rin berilgan. Gazetada O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturi e’lon qilingan. “Probatsiya bo‘limlari xodimlarining vakolatlari kengayadi”, “Huquq va erkinliklar samarali himoya qilinadi” kabi sahifalarda bugungi kun nafasini his qilasiz. Tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatovning “Hadisshunoslik ilmining buyuk allomasi” maqolasini, albatta, o‘qing. Unda yurtimizdan chiqqan benazir alloma, Imom Buxoiyning izdoshi, hadisshunos Abu Iso at-Termiziy va uning ilmiy merosi haqida so‘z boradi.

“Vatanparvar” – yoshlar qalbiga xitob qilguvchi, Yurt, Vatanni sevishga chorlovchi gazeta. Gazetada kunning muhim masalalaridan biri bo‘lgan – saylovga oid sahifa e’lon qilingan. “Serjantlar korpusini rivojlantirish – davr talabi”, “Vatan deb yongan yurak”, “Qatordagi norlar”, “Anglagan lahzangiz umringizdir”, “Chet tilni o‘rganish mildliy o‘zlikka tahdid bo‘lmaligi kerak”, “Ommaviy madaniyat”ning zamonaviy ko‘rinishi”, “Xabarchi qushlar”, “Moziyni unutmaslik saodati” kabi maqolalar, atoqli shoir Shavkat Rahmonning “Yengilgan boshlarni qilichlar kessin” nomli turkum she’rlarida Vatanga muhabbat tuyg‘ulari ustuvor. 

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA