Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
09:30 / 2024-09-05

-

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati, aeroport qurilishi, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va sug‘urta tizimi, shuningdek, ta’lim yo‘nalishlariga oid takliflar taqdimotlari bilan tanishgani xususida axborot, sharhlar berilgan. “Birinchi qo‘ng‘iroq jarangi”, “Katta o‘tov falsafasi”, “Yangi loyiha yurtimizni jahon bozoriga yanada yaqinroq tanitishga xizmat qiladi”, “Ilmiy faoliyatda jamoaviylik” kabi maqolalar, shuningdek, “Azim Xorazm bu, qadim Xorazm” sahifasida yurtimizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, yangi davr nafasini his qilib turasiz.

“Xalq so‘zi”da O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” hamda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlari e’lon qilingan. “Bilim, tarbiya va tafakkur sarchashmasi”, “Mintaqamiz taraqqiyotiga yo‘naltirilgan dasturiy tashabbuslar”, “Mahorat va jasorat uyg‘unligi”, “Sizda naqd pulmi yo plastik?” kabi maqolalarda bugungi hayot, jamiyatning yutuq va og‘riqli nuqtalari aks etgan.

“Ishonch”da e’lon qilingan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Qutlibeka Rahimboyevaning “Millat bolalariga nima kerak?” maqolasini o‘qing. “Men o‘zim suhbatlashgan ona tili va adabiyot fani muallimlarining gaplarini  aynan keltiraman (Boshqa fan o‘qituvchilari meni uncha yaxshi tanimagani uchunmi savollarimga javob berishdan o‘zlarini olib qochishdi): - Darsliklar juda tez yangilanyapti. Aksariyat darsliklarni fan bilimdonlari emas, tuzuvchilar taqdim etishyapti. Shu bois bizni qanoatlantirmaydigan jihatlari ham bor. Chunonchi, adabiyot darsliklarida juda ko‘p xorijiy mualliflarning asarlari kirtilgan. Jahon adabiyotini o‘rganganimiz yaxshi, lekin avval o‘zimizning hech kimdan kam bo‘lmagan adabiyotimizni o‘rganishimiz kerak emasmi?.. Bolalar o‘z ruhiyatlariga yaqin voqealarni yaxshi qabul qilishadi...” deb muallimlar fikrlarini keltiradi  muallif.  “Agrar sohada islohotlar samarasi qoniqarlimi?”, “Tinglagan dardning davosi bor”, “Ikkinchi darajali muammo bo‘lmaydi” kabi maqolalar va  taniqli shoir O‘tkir Rahmatning “Hurlikdan halovat topgan bu yurak” she’ri o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi...

“Jamiyat” – bugungi jamiyat muammolari bilan nafas oladi. “O‘zbekistondagi Uchinchi Renessans: Samarqand deklaratsiyasi jahon olimlarini birlashtirdi”, “Najot qal’asi”, “So‘zga sadoqat”, “Himmati va saboti bo‘lmagan millatning haqqi hayoti yo‘qdir...”, “Islom olamining gultoji”, “Va’dasini unutgan usta” kabi maqolalarda olam va odam,  inson va jamiyat hayoti aks etgan.

“Hyrriyat”ning bugungi sonida e’lon qilingan “O‘zbekiston bayrog‘i – yuksaklarga munosib!” sahifasi, “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning “...Qonunchiligimizda sobiq sovet mafkurasi, davri  va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim...” degan da’vatlari, taniqli shoir Shodi Otamurodning Paralimpiya rekordchisi Asila Mirzayorovaga bag‘ishlangan faxriya-she’ri ko‘ngillardan joy oladi. “Qutlug‘ qadamjodagi mo‘’jizalar”, “Kino oliy o‘quv yurti mukamallashuvi omillarini bilasizmi?”, Eng bebaho, nozik va qudratli tuyg‘u”, “Avesto: Zardusht qo‘shiqlari” kabi maqolalar, iste’dodli shoir Mansur Jumayevning she’rlaridan ruh quvvat oladi.

“Qishloq hayoti”da bir qator jiddiy maqolalarni o‘qiysiz. “Mo‘g‘uliston davlati bilan hamkorlik aloqalari yanada kengayadi”, “Jo‘ra Qoravboyevning ibratli hayot yo‘li”, “Qizlaringizning o‘qiting, ularga ko‘makchi bo‘ling!”, “Janubiy Koreya bilan hamkorlikda “Aqlli issiqxonalar” quriladi”, “Yangi o‘zbek”ning ko‘rgan-kechirganlari”, “Mayiz-Fayz” uzumchilik xo‘jaligi kabi maqolalarda bugungi qishloq hayoti, dehqonchilik istiqbollari haqida so‘z boradi.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA