Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
09:23 / 2024-08-27

-

“Yangi O‘zbekiston”da  26 avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali boshlangani to‘g‘risida katta  sahifa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimidagi nutqi, Imom Buxoriy majmuasi ziyorati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonlari e’lon qilingan. “Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 intervyu” sahifasi, ayniqsa, e’tiborli. “Ota makondan olisda yashash hech bir zamon oson bo‘lmagan. Chunki bunda inson doim sog‘inch tuyg‘usi bilan yashaydi. To‘g‘ri, bugun texnik taraqqiyot sabab yurtdoshlar, yaqinlaringiz bilan doim suhbatlashish, vatandagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish mumkin. Ammo hech bir texnik imkoniyat bu sog‘inchga malham bo‘la olmaydi. “Yangi O‘zbekiston” gazetasining “mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 intervyu”  rukni orqali xorijdagi vatandoshlarimiz, mehnat muhojirlari va chet ellarda tahsil olayotgan yoshlarga minbar berdik. Yurtdan olisda, uning sog‘inchi bildan yashayotgan insonlarning samimiyat ila aytgan dil izhori Siz aziz o‘quvchini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz” deya yozadi gazeta. Albatta, o‘qing. 

“Xalq so‘zi”da “Samarqanddan taralgan hayotbaxsh ohanglar” sahifasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimidagi nutqi, Imom Buxoriy majmuasi ziyorati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonlari e’lon qilingan. “Xalq so‘zi”ning bugungi sonidatobora yaqinlashayotgan ulug‘ bayram ruhi, istiqlol bergan imkoniyatlar mevasi – ko‘zlar, dillarni quvnatadigan o‘zgarishlar aks eks etgan.

“Ishonch”da “Sharq taronalari” – tinchlik va hamjihatlik elchisi” – Samarqand shahrida 26 avgust kuni “sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali boshlanganiga bag‘ishlangan sahifa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimidagi nutqi, shuningdek davlat rahbarining Samarqanddagi Imrom Buxoriy majmuasini ziyorat qilgani to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan.  “Yuksak mukofotlar muborak!” nomli sahifa orqali Mustaqillik bayrami arafasida mukofotlangan bir guruh yurtdoshlarimiz nomlari bilan tanishasiz. Xorazm viloyatining Xonqa tumanida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida “Xonqa” sanatoriysi barpo etilgani, bu sog‘lomlashtirish maskani mustaqilligimizning 33 yilligi oldidan xalqimizga, xususan, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi yurtdoshlarimizga munosib bayram tuhfasi bo‘lganiga bag‘ishlangan “Xonqa” –  sanatoriysi sog‘lomlashtirish imkoniyatlarining oltin halqasi” sahifa, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning “Xonqa” sanatoriysi tantanali ochilish marosimidagi tabrik so‘zi, taniqli shoir Abdusad Ko‘chimovning ushbu tantanaga bag‘ishlangan “Surur” nomli she’rida Yangi O‘zbekiston manzaralari, yurtimizdagi o‘zgarishlar o‘z aksini topgan. Iqbol Qo‘shshayevaning O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan qilgan “Nimani kuylaysan, kuylamoqchisan, avval o‘zing ishon...” nomli suhbatidan ham bahramand bo‘ling, ketgan vaqtingizga achinmaysiz...

“Qishloq hayoti”da Mutaqilligimizning 33 yilligi bayrami ruhi ustuvor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan. “Harbiylar bayramni yangi uyda nishonlaydi”, “Tadbirkor ayol”, “Jalaquduqda oila va xotin-qizlar maskani ish boshladi” kabi maqolalarda bugungi qishloq hayoti, dehqonchilikning buguni, ertasi haqida so‘z boradi.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA