“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga borgani, Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib olgani, shu kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, shuningdek, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharmif bilan uchrashuvlar o‘tkazgani bilan bog‘liq katta sahifa e’lon qilingan.
“Dunyoda yuz ochgan O‘zbekiston” maqolasini, albatta, o‘qing. Maqola muallifi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ushbu so‘zlarini keltiradi: ”Juda ko‘p insonlar Markaziy Osiyoni dunyo sivilizatsiyasining chorrahasi deb ataydi. Menimcha, bu yanglish fikr. Men Markaziy Osiyoni dunyo sivilizatsiyasining markazi deb bilaman. Bunga ishonch hosil qilish uchun Samarqand va Buxoroga borishning o‘zi kifoya qiladi”... “O‘zgarayotgan olam. Unda yoshlar qanday yo‘l tutishi kerak?”, “Marjonaning mard o‘g‘loni”, “Ko‘hna dardning yangilasin “Ushshoq” sadosi” kabi maqolalarda yoshlar olami, tez sur’atlarda o‘zgarayotgan jamiyat manzaralari, o‘lmas tuyg‘ular sog‘inchi aks etgan.
“Xalq so‘zi”da ham Ostona shahrida boshlanayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi poytaxtiga yetib borgani, Xitoy va Pokiston rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgani xususida xabar beradi. Gazetada O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilingan. “Onalik va bolalik muhofazasida qanday kamchiliklar bor?”, “Nazorat-tahlil faoliyati deputatlar muhokamasida”, “O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini samarali bajarmoqda”, “SOYA”dan chiqib ilash – “yashirin iqtisodiyot”ga barham berishning yagona yo‘li” kabi maqolalarda qonun ustuvorligi, mas’uliyat, inson va jamiyat uyg‘unligi, o‘zlikni anglash tuyg‘ulari aks etgan.
“Jamiyat” – bugungi turmush muammolari bilan nafas oladi. “Bong” ruknida berilgan “O‘zingizni qutqaring” maqolasidagi ushbu satrlar og‘riqli: “Mening nazarimda bugun kitob inson hayotida qanday ahamiyatga ega, degan savol juda kulgili tuyuladiganday. Chunki, odamzot kitobdan uzoqlashib borayapti. Hammaning qo‘lida telefon. Hamma telefonning ichiga qaytmaydigan bo‘lib kirib ketayapti: faqatgina bizning o‘zbeklar emas, barcha shaharlarda, barcha o‘lkalarda turfa odamlarning ahvoli shu – telefonga termulib qolgan: avtobusda, metroda, xiyobonda, go‘rda, yerda va hokazo...”. “Yangicha yondoshuv kerak”, “Yangi Renessans poydevorining beqiyos timsoli”, “Jaziramani jilovlang”, “Chin ustoz ibrati” kabi maqolalar, sahifalarda odam va olam, inson va jamiyat hayoti aks etgan.
“Mahalla” bugungi mahalalarimiz, jamiyatimiz hayotini o‘zida aks ettiradigan ko‘zgu. “BMT Bosh kotibi mahallada bo‘ldi”, “Mahalla karvoni” barcha mahallalarga kirib boradi”, “Muammolar yechimi mahalladan chetga chiqmayapti” sahifalari e’tiborli. “Og‘ir” mahalla qanday aniqlanadi?”, “Ijaraga yer berilsa, imtiyozlar saqlanadimi?”, “Import qilingan tovarlar QQS summasi qanday hisobga olinadi?”, “Yoshlar sanoat zonalari qanday yordam ko‘rsatadi?”, “Avval eshik qoqib borsak, xushlamas edi”, “Xodimlar sonini yashirmang, jarima to‘laysiz”, “KIBERJINOYAT: 95 foiz holatda jabrlanuvchi aybdor”, “Inspektorning sudga borishini cheklash zarur”, “Farzand nega o‘g‘irlikka qo‘l uradi?” kabi ixcham-ixcham maqolalardagi katta savollar sizning ham qalbingizda aks-sadolar beradi.
“Qishloq hayoti”da bir qator jiddiy maqolalarni o‘qiysiz. “Piyozning achchiq qismati. U nimadan saboq? Yoki kim, nima ekish afzalligini oldindan bilishi muhimmasmi?” sahifasida achchiq haqiqatlar aks etgan. “Sayhunobod tajribasi”: Aholi bandligi va ularning daromadlarini oshirish, taraqqiyot demak”, “Qishloq xo‘jaligi vazirligi vaziyatlarni avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot orqali baholaydi”, “Shotut”, “Inspeksiya xodimlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirildi” kabi maqolalarda bugungi qishloq hayoti, dehqonchilikning buguni, ertasi haqida so‘z boradi.
Bugungi gazetalarni o‘qing.
O‘zA