Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
11:59 / 2024-07-03

“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-4 iyul kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lishi haqida xabar beradi.

“Parij – 2024”: Maqsadlar ulug‘ligi yorqin g‘alabalarga poydevor bo‘ladi” sahifasi Fransiyaning Parij shahrida iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasini kuzatish marosimiga bag‘ishlanadi. Tadbir ishtirokchilarining dil so‘zlari, taniqli shoir Nodir Jonuzoqning “Oq yo‘l” she’ri sportchilarimizga ruh bag‘ishladi:

Chaqmoq kabi chaqnadingiz, toshdingiz-ku misli sel,

 Mardi maydon kurashdir bu – tushayapsiz bel bog‘lab,

 Duo bilan kuzatmoqda sizni bugun katta el,

Zo‘rlar ichra eng zo‘r bo‘lib, masrur, g‘olib qaytingiz,

Shoda-shoda medallarni yurtga olib qaytingiz...

“30 sotix yerdan 500 million so‘m daromad”, “Professional boshqaruv. Servis kompaniyalari. Aholi uylarni boshqarish sifatidan qoniqayaptimi?”, “Muhandislar davrning yetakchilari”, “Eng kichik e’tiborsizlik ham tanazzul doyasidir” kabi maqolalarda bugungi kunning muhim, dolzarb masalalari tahlil qilingan.

“Xalq so‘zi”da bir qator muhim, jiddiy maqolalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-4 iyul kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lishi haqida xabar e’lon qilingan. “Yuksak ishonchga munosib bo‘lish mas’uliyati” sahifasi Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasini kuzatish marosimiga bag‘ishlanadi. “Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda manfaatlar muvozanati”, “Vatan istiqboli”, “Kamalak jilosidan yaralgan mo‘’jiza” kabi maqolalarda kunning muhim yangiliklari, jamiyatning bugungi manzaralari aks etgan.

“Hyrriyat”ning bugungi sonida o‘quvchi e’tiborida bo‘ladigan bir qator yaxshi maqolalar e’lon qilingan. “Hazrati inson ibrati” nomli maqola shular jumlasidan. Unda taniqli adib, mashhur jurnalist Xurshid Do‘stmuhammad haqida so‘z boradi. “O‘zbekiston jurnalistikasi taraqqiyotida Xurshid Do‘stmuhammad yaratgan ustoz – Xurshid Do‘stmuhammedov haqida qalb izhorlarimni yozayotganim uchun shukur deyman. Dili pok, qalbi solim ustoz haqida kitoblar yozilgan. Garchi shunday bo‘lsa-da, jurnalistik faoliyatimda va hayotimda ko‘p mehribonliklar qilgan inson haqida ikki og‘iz aytmasam bo‘lmas...” deya boshlanadi maqola... “Mirzo Qo‘qonboy kim bo‘lgan?, “Men, bu – mengina emasman yoki hamma narsaning javobi bor...”, “Sirdaryolik amaldorlarga Matbuot ortiqcha yuk bo‘layaptimi?”, “Sokin hujradagi ibodat”, “Arpa ekib, bug‘doy kutmayapmizmi?” kabi maqolalarda bugungi inson va jamiyat hayoti tahlili aks etgan. Taniqli shoir Ilhom Ahrorning “Badarg‘a” nomli voqeiy hikoyasi, O‘zbektosh To‘raxonlining she’rlari ko‘ngillardan joy oladi.

“Ma`rifat” – ziyolilarning, ta’lim-tarbiyaga befarq bo‘lmagan barcha ustoz, murabbiylarning minbari. Husan Karvonlining “Guldona Karimova terma jamoadan nega chetlatildi?” maqolasini, albatta, o‘qing. “Kreativ fikrlash”, “Kitob – ma’naviy boylik”, “Qullik sarhadlarida – 2 yoxud seriallar iskanjasida”, “Ma’rifat”ga maktublar”, “Kasb-korli bo‘lishning marg‘iloncha formulasi”, “Qo‘qon xoni Xudoyorxonning jadid farzandlari tarixi”, “Tashabbuskor va novator olim” kabi maqolalarda ta’lim-tarbiya, komillik sari yo‘l, bu yo‘ldagi ba’zi muammolar, qusurlar haqida so‘z boradi.

“Milliy tiklanish”da ham o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortadigan qiziqarli maqolalar anchagina. “Oldini olish mumkinmi” sahifasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida elektron dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga doir qonun loyihasi muhokama qilingani  haqida so‘z boradi. “Iltimos, kitobimni sotib bering yoxud umid oxirida o‘ladi, deya umid qilayotgan ziyolilarning dilidagi o‘ylari xususida” maqolasi: “Gogol “o‘lik jonlar”ning ikkinchi qismini yoqib yuborgan bo‘lsa, Mirtemir “Manas”ning tarjimasini yirtib tashlagan ekan...” satrlar ila boshlanadi. O‘qing!. “Otmay qolgan tong”, “Yangi O‘zbekiston yoshlarini nimalar kutayapti?”, “Xavfli kasalliklar nega yosharib borayapti?”, “763 million kishi savodsiz” kabi maqolalarda ko‘tarilgan savollar, mulohazalar gazetxonni ham hushyor torttiradi.

“Oʻzbekiston ovozi”da bir qator yaxshi maqolalar e’lon qilingan. “Shovqin inson uchun zararli”, “Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishamiz”, “Jazirama kunlar uchun 7 qoida”, “Prava”ni onlayn olish mumkin” kabi maqolalar qiziqish bilan o‘qiladi. “Yutmaganga yo‘l yo‘qmi?” maqolasi – dolzarb. “Qo‘shqoq” – Uzun tumani markazidan 20-25 kilometr olisda joylashgan qishloq. Hududda 1 ming 500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qir va adirlarga tutashgan manzilda umrguzaronlik qilayotgan yurtdoshlarimizni ko‘p yillardan buyon yo‘l masalasi qiynab kelmoqda” deb maqolasini boshlaydi muallif. “1 foiz” sahifasida ko‘tarilgan masala ham ko‘pchilik uchun qiziq. “Yaqinda Xalq demokratik partiyasining You Tube kanalidagi “Bu muhim” loyihasida “Bankomatdan pul yechilganda 1 foiz komissiya yechib olinishi naqadar adolatli?” degan savol bilan hamyurtlarimiz o‘rtasida so‘rov o‘tkazilibdi. Turli yoshdagi aholi vakillarining aksariyati bank muassasalari tomonidan kiritilgan ayni tartibga qat’iy norozilik bildirib, buni yoqlamagan...” deb boshlanadi maqola. Xo‘sh, bu holat to‘g‘rimi, xalqaro tajribada qanday? Maqolani o‘qib, savollarga javob olasiz.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “Parij – 2024”: Maqsadlar ulug‘ligi yorqin g‘alabalarga poydevor bo‘ladi”, “Biz 100 yoshdamiz! G‘oliblarimiz esa navqiron avlod”, “Poliglot yetakchi”, “Soxta sertifikatning bahosi qancha?”, “Ijtimoiy “balo”, “Vatan desam, tilginam...” kabi maqolalarda yoshlar va jamiyat hayoti aks etgan....

Bugungi gazetalarni o‘qing...

                                                                                                     O‘zA