French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:44 / 2024-05-15

“Yangi O‘zbekiston”ning bugungi soni “Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlari yuqori baholandi” nomli sahifa bilan boshlanadi. BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, “BMT – ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxusning Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlar forumi haqidagi fikrlari aks etgan “Samarqand forumi O‘zbekistonda ayollar davlatning ustuvor maqsadlari markazida ekanini tasdiqladi” nomli suhbat ham e’tiborli. “Ishga kirish uchun haliyam tanish izlayapsizmi?” sahifasini, albatta, o‘qing. Unda sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollarga javob bor. 15 may – Xalqaro Oila kuni kuniga bag‘ishlangan “Hech kim tortib ololmaydigan kun”, “Oltin qalam: O‘zbek jurnalistikasida yangi avlod tantanasi” sahifalari, “Turizmni “yashillashtirish”. Bu nima uchun kerak va qanday bajariladi?” nomli tahliliy maqolada bugungi O‘zbekiston, inson va jamiyat manzaralari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham bir qator dolzarb maqolalar e’lon qilingan. “Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlari yuqori baholandi”, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, “BMT – ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxusning Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlar forumi haqidagi fikrlari aks etgan suhbat, jahon tajribasi va zamonaviy yondashuvlar kabi muhim masalalar tahliliga bag‘ishlangan sahifalarda global dunyoga integratsiyalashayotgan Yangi O‘zbekistonni ko‘rasiz. “Qog‘oz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari raqamlashtiriladi”, “Yangi ijodiy parvozlar sari rag‘bat”, “Intensiv o‘rikzor ikki yilda hosilga kirdi”, “Ezgu sa’y-harakatlar birgalikda va hamjihatlikda davom ettiriladi”, “Baxshilar o‘tmishning aks sadosi va bugungi kunning jarangdor ovozidir”, “Umringdan baraka top, saxovatli inson!”, “Qirq yillik gul sayli” kabi maqolalar o‘zida bugungi kun ruhini aks ettirgani bilan o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Oʻzbekiston ovozi”da  e’lon qilingan maqolalar mavzular rang-barangligi, muhim masalalarga bag‘ishlangani bilan ajralib turadi. “O‘sish nuqtasi”, “Yangilanayotgan dunyo va ayollar”, “Har doim xalq bilan”, “Andijonda shunday fidoyi bor”, “Tebranish”, “Baxt-saodat  va ezgulik qo‘rg‘oni”, “Yodlash emas, fiklash kerak” kabi maqola va sahifalarda tez o‘zgarib borayotgan dunyo va O‘zbekiston, ayollar, inson qadr-qimmati va jamiyat manzaralari aks etgan.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. Gazeta “Bo‘zatov FEST: g‘olibga 50 million so‘m” nomli sahifa bilan boshlanadi. “Yigit-qizlarimiz ish bilan band”, “Biz “Oltin qalam” oldik”, “Abituriyentlarni qanday o‘zgarishlar kutmoqda?”,  “Elga xizmat – sharaf”, “Og‘ir” toifaga olingan 8 nafar yoshga barcha yordamlar ko‘rsatilgan”, “Yoshlar ko‘proq kimga suyanmoqda?”, “Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?” kabi maqolalarda yoshlar, jamiyat hayoti aks etgan....

Bugungi gazetalarni o‘qing...

O‘zA