Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
12:07 / 2024-03-13

_

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishuviga oid sharh, shuningdek, shu kuni davlat rahbari raisligida uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlariga bag‘ishlangan sahifa e’lon qilingan. “Bugunning gapi” ruknida berilgan “Klaster tizimida yangi bosqich”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni!” ruknida berilgan “Nomus, vijdon ila iymondir – Vatan!” sahifalari e’tiborli. “Uy yerto‘lasidan katta biznes sari”, “Norma bir, talqin turlicha”, “Biodehqonchilik agrotarmoqda qanchalik muhim?”, “Inson qadr topgan, siylangan joyda aziz”, “Yurt va millat qayg‘usi o‘zlikka sadoqatdan kuch oladi” kabi maqolalarda bugungi inson va jamiyat, islohotlar samarasi, vatanga muhabbat tuyg‘ulari aks etgan. 

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishuviga oid sharh, shu kuni davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilish tafsilotlariga bag‘ishlangan sahifa, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi 95-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1949-yil 1-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni e’lon qilingan. Gazetaning bugungi sonida bir qator muhim, jiddiy sahifa, maqolalar bor. “Ayol – jamiyat farovonligi timsoli”,  “Xalqimiz ardog‘idagi Navro‘z”, “Yer resurslaridan oqilona foydalanilyaptimi?”, “O‘zbekistonning turizm salohiyati Germaniyaliklar nigohida” kabi maqolalar shular jumlasidan bo‘lib, ularda inson qadri, milliy qadriyatlar, islohotlar va bugungi kun qiyofasi aks etgan. 

“Oʻzbekiston ovozi”ning bugungi soni “Uy-joylar qurilishi sohasidagi vazifalar belgilandi” sahifasi bilan boshlanadi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-mart kuni joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar haqida so‘z boradi. “Ba’zi me’yorlar soatlab, ba’zilari tez muhokamadan o‘tadi”, “O‘sish ish o‘rni demakdir”, “Maqsad ham, manzil ham aniq”, “Bepulligi emas, kafolatlangani muhim”, “Ma’rifat yo‘q joyda ezgulik ham bo‘lmaydi”, “Qalb tarjimoni”, “Suv sarfi 15 foizgacha tejaldimi?”, “Hech kimga aytma...” kabi bir qator yaxshi maqolalar e’lon qilingan.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “Abdusattorov jahon reytingida 4-!”, “Eng yosh “Zulfiya”chi yetakchi”, “Talabalar bahori”, “Siz bizning tayanchimizsiz”, “Yoshlarni muammolari bilan tashlab qo‘ymaylik”, “So‘zlasam til, yozsam qalam kuyadi...”, “Shopir amaki, nega qo‘polsiz?”, “Xiyobon kim uchun” kabi maqolalarda yoshlarning yutuq va muammolari, jamiyat hayoti aks etgan....

Bugungi gazetalarni o‘qing...

 

O‘zA