Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:30 / 2024-02-23

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan. Shuningdek,  22 fevral kuni davlat rahbari ishtirokida o‘tgan aviatsiya sahisidagi davlat korxonalari transformatsiyasi; IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimotlariga oid sharhlar bilan tanishasiz. Texnika fanlari doktori, professor Inom Majidovning “Oliy ta’limning jamiyatdagi mas’uliyati qanday bo‘lishi kerak?” nomli maqolasi o‘quvchiga katta qiziqish uyg‘otadi. Unda oliy ta’lim mazmuni va standartlarini shablonli mezonlardan xoli tarzda xorijiy tajribaga asoslanib, yurtimizda yaratilayotgan zamonaviy industriya va texnologiyalar talabiga moslashtirish haqida so‘z boradi. “Ehtiyoj yuqori kasblarga mutaxassis tayyorlaydigan muhit zarur”, “Jadidlar o‘giti: “Sening uchun o‘lmoq mening tirikligimdir” maqolalari ham bevosita ta’lim va tarbiya jarayonlari bilan bog‘liq. “Inflyatsiya pasaydi, xarajatlar-chi?” maqolasini, albatta, o‘qing. Unda muallif, taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovov bugunning muhim masalalaridan biri bo‘lgan inflyatsiya, talab va taklif muvozanati, daromad va xarajatlar me’yoridagi tafovut oddiy aholiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida fikr yuritadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovning «Ijtimoiy himoyada yangi milliy tizim» maqolasini o‘qib, bugungi davr nafasini his qilasiz.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni, 22 fevral kuni davlat rahbari ishtirokida o‘tgan aviatsiya sahisidagi davlat korxonalari transformatsiyasi; IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimotlariga oid sharhlar e’lon qilingan. Akademik Oqil Salimov o‘zining  “Qalblarni yoritgan chiroq” maqolasida kitob va kitobxonlikka alohida to‘xtaladi. “Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i, bilim manbai. Fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur chirog‘i bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘’tabar va muqaddas biladi” deb yozadi muallif. “Havolaki normalar kerakmi?”, “O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi mumkin”, “Iqlim o‘zgarishi: mushtarak maqsad va integratsiya ehtiyoji” kabi maqolalar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

Adolat”da dastlab o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortadigan sahifa, bu shubhasiz, «Ijtimoiy himoya e’tibor markazida» sahifasi. Unda joriy yilda ushbu tizimda qilinadigan ishlar ko‘lami raqamlarda sodda va tushunarli qilib ko‘rsatib berilgani gazetxonni o‘ziga jalb qiladi. “Asosiy maqsad – aholi bandligini ta’minlash”, “Ta’lim – barqaror kelajak garovi”, “Muruvvat – mehr chashmasi”, “Maktab va mahalla hamkorligi kuchaytiriladi”, «O‘zini o‘zgartira olish saodati» kabi maqolalar, «Qaynona hovlisidagi qotillik», «Ehtiyot bo‘ling, zamonaviy firibgarlar» kabi jamiyat qusurlari aks etgan sahifalar ham gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Vatanparvar” – yoshlar qalbiga xitob qilguvchi, Yurt, Vatanni sevishga chorlovchi gazeta. “Olg‘a bos, yengib bo‘lmas to‘siq yo‘q!” da’vatining o‘zi gazeta mazmun-mohiyatini anglatib turadi. “Harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida ajdodlar merosining ahamiyati”, “Yoshlar armiya saflariga otlanmoqda”, “Qorli tog‘da yuksalayotgan jangovar shaylik”, “Taraqqiyotga esh avlod”, “Qurbon Beregin – milliy qahramon”, “Navoiyning so‘z boyligi”, “Tatiyotgan baxt siri”, “Ishonch”, “Mard askarga sovg‘a” kabi maqolalar zamirida Vatanga muhabbat tuyg‘ulari ustuvorligiga guvoh bo‘lasiz. 

Bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA