French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:50 / 2024-02-21

“Yangi O‘zbekiston” “Ijtimoiy himoyaning yangi tizimi inson qadrini ta’minlashga xizmat qiladi” nomli sharh bilan boshlanadi. Unda 20 fevral kuni davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish tafsilotlari aks etgan. Shuningdek, gazetada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21 fevral kuni “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘lishi haqida xabar berilgan. “Sifatli ta’lim barchaga barobar”, “Ilmni aldab bo‘lmaydi yoxud fayzu baraka fidoyilik ortidan keladi” kabi maqolalar Yangi O‘zbekiston qiyofasini belgilaydigan ta’lim-tarbiya va taraqqiyot lokomotivi bo‘lgan ilmga rag‘bat haqida. Gazeta  iqtisodiy sharhlovchisi Abdurauf Qorjovovning “Yana beshta qonun JST talablariga uyg‘un bo‘ldi” maqolasi orqali O‘zbekiston qachon ushbu xalqaro tuzilmaga kirishi mumkin, degan savolga javob olasiz. “Qashqadaryoga o‘ttiz uch mamlakat investitsiya kiritdi” maqolasi ham e’tiborli, o‘qib joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini his qilasiz. “Kimdir imkon, kimdir bahona topadi”, “Yoqilg‘isiz isitiladigan issiqxona haqida”, “Hamma uylar mahallada tutashadi”, “So‘zning sehrini unga mehr qo‘ygangina anglaydi” kabi maqolalarda  bugungi jamiyat manzaralari, mulohaza, mushohadalar, hayotni anglash, ona tili va unga muhabbat haqida so‘z boradi.

“Xalq so‘zi”da ham  20 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish tafsilotlari bilan tanishasiz. Gazetada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21 fevral kuni “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘lishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilingan. “Bunyodkorlik va yangilanishlar nafasi” sahifasida Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan o‘zgarshilar haqida so‘z boradi. “Andijon bugun mashhur tadbirkorlar, ishbilarmonlar, hunarmandlar, mebelsozu eksportchi biznesmenlar manzili sifatida ham e’tibor qozonmoqda. Bu nimadan darak beradi? Shubhasiz, bu – yurtimizda kechayotgan hayotiy islohotlar mohiyati, ishbilarmonlik odamlar ongu tafakkurida aks etayotgani, qolaversa, ularning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatining yorqin timsoli” degan e’tirof bilan boshlanadi maqola. “Hayotiy maqsadlar ro‘yobi va daxlsizlik kafolatlari”, “Mahalliy kengashlar qanday vakolatlarga ega bo‘lmoqda?”, “Yeri unumdor, tuprog‘i sog‘lom yurtda baraka bo‘ladi”, “Elning e’zozidagi e’tibor” kabi maqolalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat, tahlil, tadqiq va e’tirof bor.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA