Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:35 / 2024-01-25

_

“Yangi O‘zbekiston”ning 1-2-sahifalari to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi safari tafsilotlariga bag‘ishlanadi. “O‘zbekiston – Xitoy: strategik sheriklikni kengaytirish yo‘lidagi muhim tashabbuslar va samarali muloqotlar” sahifasida 24 yanvar kuni Pekinning Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish jarayonlari batafsil aks etgan. “Biz va dunyo” ruknida berilgan “Tinchlik va farovonlik yo‘lida barcha uchun barqaror kelajakni qurish maqsadidagi muhim qadam” sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasiga boshlangan uch kunlik davlat tashrifi va uning dastlabki natijalari xalqaro ekspertlar hamjamiyatida uyg‘otayotgan qiziqishlar haqida. Gazeta muxbiri Bahor Xidirovaning “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov bilan “Hayot va hayotiylik ifodasi. Davlat dasturlari tahlili nimalardan dalolat beryapti?” nomli suhbati “O‘zbekiston – 2030” startegiyasini hayotga tatbiq etish samaralari va bu  yo‘nalishda mazkur nodavlat tuzilma faoliyatini o‘ziga xos qirralariga bag‘ishlanadi. “900 ming gektardan ziyod yerning egasi kim bo‘ladi?”, “Har hududning o‘z qudrati bor”, “Ilm-fan va ta’lim sohasida yangi davr boshlanmoqda”, “Yuz ming dollarga sotilmagan surat yoxud vatanparvar rassom e’tiqodi” maqolalarini o‘qib, yangilanishlar, yuksaklikka parvoz, avvalo, inson qalbidan, tafakkuridan boshlanishiga va u poydor bo‘lishiga amin bo‘lasiz.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan safari tafsilotlariga bag‘ishlanadi. “O‘zbekiston – Xitoy: strategik sheriklikni kengaytirish yo‘lidagi muhim tashabbuslar va samarali muloqotlar” sahifasida 24 yanvar kuni Pekinning Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish jarayonlari batafsil aks etgan.  Ushbu safar natijalariga bag‘ishlangan “Tinchlik, farovonlik va barqaror kelajak yo‘lidagi dadil qadam” sahifasida xalqaro ekspert, mutaxassislarning O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining buguni va istiqbollari haqidagi fikr-mulohazalari bilan tanishasiz. Gazetada, shuningdek, Xitoyning ingliz tilida chiqadigan yetakchi gazetasi – “Global Times”da O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXRga davlat tashrifiga bag‘ishlangan maqolasi bosilgani haqidagi sahifa ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan tayyorlangan “Parlament faoliyatidagi muhim natijalar va ustuvor vazifalar”, “Fraksiya rahbarlari nuqtai nazari” sahifalari, shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Muqimjon Qirg‘izboyevning “It hurar, karvon o‘tar” ruknida berilgan “Imperiyaparastlarning puch xomxayollari” maqolasini, albatta, o‘qing...

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA