Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
14:43 / 2023-12-26

“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrif bilan Sakt-Peterburg shahriga yetib borgani to‘g‘risida xabar beradi. Davlat rahbarining 25 dekabr kuni hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishiga oid sharh, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonlari bilan tanishasiz.

“Prezident sovg‘asi” karvoni bolalarga quvonch ulashish uchun yo‘lga tushdi” sahifasi, ayniqsa, e’tiborli. “Ma’naviy taraqqiyot saboqlari” maqolasida gazeta bosh muharriri Salim Doniyorovning davlatimiz rahbari raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishdan keyingi o‘ylari bilan tanishasiz. “Global iqlim tahdidlari”, “Pensiya tizimini raqamlashtirish”, “Vertolyot dron, o‘zi o‘chib yonadigan nasos qurilma”, “Millatni tirik, uyg‘oq so‘z tarbiyalaydi”, “Ertaga kech bo‘ladi”, “Inson qalbiga ishonch va umid ruhi” kabi maqolalarda bugungi inson va jamiyat manzaralari aks etgan.

Xalq so‘zi” ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrif bilan Sakt-Peterburg shahriga yetib borgani to‘g‘risida xabar beradi. Davlat rahbarining 25 dekabr kuni hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilish tafsilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”, “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunlari e’lon qilingan. O‘zbekiston va MDH munosabatlari, Samarqandda boshlangan shaxmat bo‘yicha jahon chempionati, Senat va Qonunchilik palatasi fraksiyalarida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarga bag‘ishlangan sahifalar muhim masalalarga bag‘ishlangani bilan gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA