Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:20 / 2023-12-20

_

“Yangi O‘zbekiston”da “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi” nomli sahifa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi e’lon qilingan. “Xalqaro mukofot taqdimoti Yangi O‘zbekiston islohotlarining yuksak e’tirofidir” sahifasida poytaxtda bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yirik tadbirning aks-sadolarini eshitasiz. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayevning “Milliy saylov tizimi: demokratik islohotlarning yangi davri” maqolasida davlatimiz Rahbari tomonidan 18 dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning saylovga oid bandlari sharhlab berilgan. “Sirdaryo salohiyati”, “Sog‘lom xalq katta ishlarga qodir bo‘ladi”, “Shirin oqsildan saratonni davolaydigan yangi ishlanmagacha”, “Men Respublika bolalar kutubxonasiga ketayapman”, “O‘zbekcha Vikipediya” kabi maqolalarda bugungi inson va jamiyat manzaralari aks etgan. 

“Xalq so‘zi”da ham “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi” nomli sahifa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi e’lon qilingan. “Adolatli jamiyat qurishning asosiy mezoni”, “Xalqimizning oydin yo‘lga boshlagan mash’ala”, “O‘zbekiston o‘z majburiyatlariga sodiqligini yana bir blor isbotladi”, “Yaxshi odamlar – yaxshi shifokorlar. Bemor ham, tibbiyot ham shifo istaydi” kabi maqolalarda kunning muhim masalalari tahlil qilingan. 

“Maʼrifat” ko‘pchilikni qiziqtiradigan, muhim va dolzarb mavzular, ta’lim tizimi bilan bog‘liq masalalarni yoritishda davom etadi. “Hurmatli ota-onalar, farzandingiz yozuvini taniy olasizmi?” nomli maqola e’tiborni tortadi. Unda shunday yoziladi: “O‘tgan shanba kuni “Ota-onalar yig‘ilishi” o‘tkazdik. Yig‘ilish so‘ngida qiziqarli o‘yin uyushtirildi. O‘yin sharti farzand tomonidan yozilgan tilakni yozuviga qarab topib, olish. Yozuvini tanimagan ota uchun farzandining tilagini o‘qish “armon” bo‘lib qoladi. O‘yin boshlandi. Bolasining yozuvini tanib, tilagini hayrat, zavq-shavq, ko‘zyosh bilan o‘qiganlar, farzandining yozuvini tanimay, topolmay, tilagini o‘qiyolmay mulzam bo‘lib qolgan otalar ham bo‘ldi. Bu holat otalar uchun katta hayotiy dars, saboq bo‘ldi...”. Maqolani, albatta, o‘qing. “Ma’rifatli jamiyat: ziyolilik mas’uliyati”, “Oltinsiz” olimpiada”, “Iqtidorli o‘quvchiga e’tibor kerak”, “Kredit-modul tizimining afzalliklari”, “Sobit e’tiqodning shakllanishi”, “Olti asrda uchrashgan orzu” kabi maqolalar mazmun-mohiyati bilan dolzarb va albatta, o‘quvchi etiborida bo‘ladi.

“Oʻzbekiston ovozi”da bir qator yaxshi maqolalar e’lon qilingan. “Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi” nomli maqola, ayniqsa, e’tiborli. “Dori xavfga aylanishi kerak emas” maqolasida Parlament quyi palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari farmatsevtika sohasida qabul qilingan ba’zi huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha yangi tashabbuslar bilan chiqishayotgani haqida so‘z boradi. “Baxmalda ishlar “besh” mi?”, “Ular 9,5 milliondan ko‘p”, “Barqaror loyihalar barqaror ish o‘rinlari demakdir”, “Energetik ichimliklar: shifokorlar nega bu mahsulotni hayot va sog‘lik uchun xavfli, deb hisoblaydi?” kabi maqolalar ham o‘quvchi e’tiborida bo‘ladi.

 “Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “Yoshlarning sevimli tashkiloti 5 million 714 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizni birlashtirdi”, “Yoshlarga 444 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatilgan”, “Yonariq”ning yoniq yetakchisi”, “Yoshlar yetakchilari shaxsiy namuna”, “Yosh tarjimonlar ijodi”, “Metrodagi “yigit”lar” kabi maqolalarda yoshlar, jamiyat hayoti aks etgan....

Bugungi gazetalarni o‘qing...

 

O‘zA