“Yangi O‘zbekiston”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20 noyabr kuni bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi, shuningdek, ichimlik suvi, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bo‘yicha qilinayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishlari tafsilotiga oid sharhlar e’lon qilingan.
“Suv xo‘jaligida ijro intizomi”, “Inson kapitalini rivojlantirish”, “Erishilayotgan yutuqlar yangi dovonlarga yo‘l ochmoqda”, “Ishonch, rag‘bat va tenglik ishbilarmon ayollar safini kengaytiradi” kabi maqolalarda bugungi kun ruhi o‘z aksini topgan. “O‘n yil narini o‘ylasang...” sahifasini, albatta, o‘qing. Unda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida hududlarni obod etish, bo‘sh maydonlar, ko‘cha va xiyobonlarga mevali va manzarali ko‘chat o‘tqazishga alohida e’tibor qaratilayotgani, mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonda yiliga kamida 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgani xususida so‘z boradi. Akademik Ahmadali Asqarovning akademik Yahyo G‘ulomov hayot yo‘liga bag‘ishlangan “Arxeologik ekspeditsiyalarning ilk karvoni” maqolasida tariximizningyorqin sahifalari aks etgan.
“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 noyabr kuni bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi, shuningdek, ichimlik suvi, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bo‘yicha qilinayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishlari tafsilotiga oid sharhlar e’lon qilingan. “Buxoroda yirik shamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda”, “O‘zbekiston tashabbuslari MDH integratsiyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi”, “Vatan va millat fidoyisi”, “Sahro bag‘ridagi mo‘’jiza” kabi maqolalarda ham o‘zgarayotgan yurt manzaralari o‘z aksini topganini ko‘rasiz.
“Ishonch” “Endi kasaba uyushmalarining ikki hududda bog‘i bor” sahifasi bilan boshlanadi. Maqolada Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan kasaba uyushmalari bog‘i haqida so‘z boradi. “Yo‘l odami”, “Faxru g‘ururimiz!”, “Inson hayoti bilan hazillashib bo‘lmaydi!”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyevning ko‘ngil daftaridan to‘kilgan hikmatlar qalbingizdan joy oladi.
Bugungi gazetalarni o‘qing.
O‘zA