_
“Yangi O‘zbekiston”da joriy yilning 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan. “IHTning Toshkent sammiti: keng mintaqaga tegishli muammolarni hal qilishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yangi maydon” sahifasi ham ilk bor yurtimizda bo‘lib o‘tadigan ushbu sammit haqida. Ma’lumot uchun: Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 1985 yili Tehronda (Eron) tashkil topgan mintaqaviy davlatlararo tuzilma bo‘lib, O‘zbekiston 1992 yil noyabr oyida mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kirgan. O‘zbekistonning Turkiy davlat tashkilotidagi o‘rni, O‘zbekiston – Fransiya aloqalariga bag‘ishlangan sahifalar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. “Ishsizlikdan xoli hududga aylanayotgan Farg‘ona”, qishloq xo‘jaligida kuzatilayotgan tub o‘zgarishlarga bag‘ishlangan “Qishloq xo‘jaligi va qo‘shimcha qiymat zanjiri”, “Elektron hukumat”dan “Raqamli hukumat”ga maqolalarida bugungi kun manzaralari aks etgan. “Har tomchida hayot aksi” sahifasida 2024-2026 yillarda respublikamizda 1 million 100 ming fuqaro ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlanishi haqida so‘z boradi. “Kalavaning yipi topilgani sari...” sahifasini, albatta, o‘qing. Eng katta islohot odam qalbidan, tafakkuridan boshlanishiga amin bo‘lasiz.
“Xalq so‘zi”da ham joriy yilning 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan. “O‘zbekiston Prezidentining xalqparvar siyosati dunyo e’tiborida”, “Uchinchi Renessans poydevori. Uning asosiy bunyodkori kimlar?”, “Global logistika zanjirlari va transport yo‘laklari rivojlanadi”, “2024 yil uchun davlat byudjeti loyihasi hamda hukumat hisoboti ko‘rib chiqildi”, “Xalqimizning sadoqatli farzandi” kabi maqolalar ham gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.
Bugungi gazetalarni o‘qing.
O‘zA