Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:14 / 2023-10-11

“Yangi O‘zbekiston”da mamlakat hayotiga oid bir qator muhim, tahliliy maqolalar e’lon qilingan. “Tinchlik va bag‘rikenglikka chorlov”, “Ogoh va hushyor nigoh. Raqamli transformatsiya va kiberxavfsizlik borasida samarador chora-tadbirlar qanday bo‘lishi kerak? kabi maqolalar mazmun-mohiyati bilan e’tiborli. “Yangilanayotgan Dehqonobod”, “To‘qsonbosti” ham daromad, ham oziq-ovqat xavfsizligida muhim usul”, “Orol dardi ariyapti”, “O‘z davrining birinchi aqli”, “Shiddatkor do‘st yodi” kabi maqolalarda yangilanayotgan yurt manzaralari, inson va jamiyat, e’tirof va yaxshi xotiralar bor...

“Xalq so‘zi”da “O‘zbekiston – Qatar: strategik sheriklik sari” maqolasi ikki mamlakat o‘rtasida tobora mustahkamlanayotgan do‘stlik, hamkorlik rishtalari haqida. “O‘zbekiston – hindistonliklarning orzusidagi sayyohlik manzili” maqolasida mamlakatimzning Hindistondagi elchixonasi tomonidan Dehli shahrining markaziy maydonlari va gavjum ko‘chalarida joylashgan LED-ekranlarda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi tashkil etilgani haqida so‘z boradi.  “Barqarorlik va farovonlik manbai”, “Bolalar huquqlari himoyasini yanada kuchaytirish – davr talabi” “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda notariuslarning o‘rni”, “Til bilgan – el biladi” kabi maqolalarda jamiyatning muhim masalalari tahlil qilingan.

“Hurriyat”da bir qator yaxshi sahifa, maqolalar e’lon qilingan. Bahrom  Boymurodovning “O‘ylab ko‘ring” ruknida berilgan “Gazetalardan voz kechish qimmatga tushishi mumkin” maqolasini, albatta, o‘qing. Gazeta bosh muharriri, taniqli jurnalist Abdurasul Jumaqulning qo‘shni respublikaga qilgan safariga bag‘ishlangan “Tojikiston taassurotlari” nomli (birinchi maqola) ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. Samimiy yozilgan maqola sizni ham imkoni bo‘lganda ushbu yurtga safar qilish niyatini ko‘nglingizga soladi. “Sun’iy intellekt” ruknida berilgan “Imkoniyat va tahdidlar” nomli maqola sun’iy intellektning kelajagi insonning o‘zining qo‘lida ekanligi haqida. “Qonli 38-yil” maqolasi o‘tmishning qora dog‘i bo‘lib, xotirada qoladi. 

“Milliy tiklanish”da e’lon qilingan “Parlament shaxsiy emas, partiyaviy qarashlar maydoni bo‘lishi kerak” sahifasida shunday  satrlarga  duch klasiz: “Proporsial saylov tizimi asosida parlamentdan joy olgan deputatlar partiya bilan aloqalarini mustahkamlashi kerak. Bu hatto qonunda ham ko‘rsatib qo‘yilmoqdaki, agar deputat partiya bilan aloqasini uzsa, ro‘yxatdan chiqariladi, demak, partiya safidan ham chiqarilgan hisoblanadi va deputatlik mandatini topshiradi”. “O‘qituvchi-murabbiylar bo‘lmaganida nima bo‘lardi?”, “O‘tgan yili nima uchun uzilishlar bo‘ldi?”, “SOSA-SOLA makkor “do‘stim”, “Harbiy matbuotning “shef”lari yoxud Qodiriyga yoqmagan masala”, “Mirzaoboddan chiqqan Napoleon” kabi maqolalar zo‘r qiziqish bilan o‘qiladi.

“Oʻzbekiston ovozi”da gazetxon e’tiborini tortadigan bir necha maqolalar e’lon qilingan. “Soliq qarzlarini olti oy ichida bo‘lib to‘lash belgilanmoqda”, “Mamnun bo‘lishga hali bor”, “Narx emas, koeffitsent o‘zgardi”, “O‘simlik moyi yetarlimi?” kabi maqolalarda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz uchun qiziq bo‘lgan masalalar tahlil qilingan. “Oʻzbekiston ovozi”ning bugungi sonini, albatta, o‘qing.

“Maʼrifat” ko‘pchilikni qiziqtiradigan, muhim va dolzarb mavzular, ta’lim tizimi bilan bog‘liq masalalarni yoritishda davom etadi. ToshDO‘TAU dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shohruh Abdiraimovning “Mamlakat ta’limda “Bosh plan”ni belgilashi kerak!” maqolasida shunday takliflar bor: “Davlat ta’limdan bosh maqsadini belgilashi, ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqishi, 5 yillik, 10 yillik ta’lim strategiyalarini ishlab chiqishi, umuman, ta’limning “bosh plan”ini belgilashi dolzarbdir”.  “Bitiruvchilarning necha foizi ishga joylashgan?”, “Mavsumiy mashmashalar”, “Mehnatobod tomonlarda”, “O‘qituvchi nimani o‘ylaydi?”, “Porloq siymoning so‘niq talqini” kabi maqolalarda ta’lim, tarbiya va maktab muammolari tahlil qilingan.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “O‘zbekiston rekordini yangiladi” sahifasidan ko‘ngil ko‘tariladi. “500 dan ortiq yosh ish bilan ta’minlandi”, “Kimlar poyezdga bepul chipta oladi?”, “Qizlar millat tayanchi” kabi maqolalarda yoshlar, jamiyat hayoti aks etgan.

Bugungi gazetalarni o‘qing.   

O‘zA