Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:07 / 2023-09-22

“Yangi O‘zbekiston”da mamlakat hayotiga oid muhim yangiliklar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ikkinchi xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirovkchilariga tabrigi e’lon qilingan. “Dunyo hunarmandlari Qo‘qonda jam bo‘ldi” sahifasi Qo‘qon shahrida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivali va Rishton tumanidagi Xalqaro kulolchilik forumining tantanali ochilishi marosimiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, gazetada  “O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan tashabbuslar”, “Orolning beshinchi “ko‘zi”, ilm-fan yutuqlari mahsuli – “Elektrotraktor yaratildi”, “Buyuk alloma bilan Uchinchi Renessans sari” maqolalari kunning muhim masala – muammolarini o‘zida aks etgani bilan qiziq.

“Xalq so‘zi”da e’lon qilingan bir qator maqolalar o‘quvchi e’tiborida bo‘ladi. “Tinchlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar”, “Ezgu niyatlarning mustahkam poydevori”, “Ekologiya va suv resurslari muammosi jahon hamjamiyati e’tiborida”, “San’at va do‘stlik, iste’dod va mahorat bayrami” maqolalari, shuningdek,  havosi dardga davo, giyohi tanga malham bo‘lgan “Sangardak mo‘’jizasi”ga bag‘ishlangan sahifada inson qadri va o‘zgarayotgan jamiyat manzaralari aks etgan. 

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” taniqli shoir Ma’ruf Jalilning “Parizodim” nomli she’ri bilan boshlanadi. “Navoiy “O‘zbek tilining asoschisi”mi?”, “Daryodil shoir edi”, “Sukut va donolik ishoratlari” kabi maqolalar, Yahyo Tog‘a, Ashurali Boymurodning she’rlari, Qo‘chqor Norqobilning “Olisda so‘ngan olov” hikoyasi mutolaasi ruhga quvvat bag‘ishlaydi.

Adolat”ning bugungi sonida bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilingan. “Bu yil qishda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladimi?” maqolasi ana shular jumlasidan. O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjonning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi” maqolasi benazir shoirimiz muxlislari uchun o‘ziga xos tuhfa bo‘lgan. “Fuqarolar ertaga emas, bugun yaxshi yashashlari kerak”, “Jinoyatga jazo muqarrar” sahifasi, shuningdek, “Beruniyning intellektual jasorati: u bizni vaqt va makonda birlashtira oladigan kuchga ega”, “O‘g‘illarimizni maqtaydigan gazetangizni qayerdan topaman?” kabi maqolalar ham zo‘r qiziqish bilan o‘qiladi.

“Vatanparvar” odatdagidek, o‘z o‘quvchilari – gazetxon qalbiga xitob qiladi. “Vatan bilan tirikmiz, Vatan bilan buyukmiz!” maqolasidagi da’vat qalbingizda aks-sado berib turadi. “Burch faqat adolatdir”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”, “Amir Temur siyosatining o‘ziga xosligi”, “Faxriylar va yoshlar harbiylar huzurida”, “Chegarachi besh karra chempion” kabi maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan beg‘araz va samimiy muhabbat bor.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA